AQSh davlat kotibasi OXHTning Afg‘onistondagi rolini oshirishga chaqirdi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘tayotgan Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining sammitida AQSh Davlat kotibasi tashkilotni Afg‘onistonda kattaroq rol o‘ynashga chaqirdi.

Sammitning ochilish marosimida gapirgan Klinton xonim Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti chegara xavfsizligini yaxshilash, noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash, savdo-sotiqni rivojlantirish hamda taraqqiyotga ko‘maklashishi mumkin, deb aytgan.

AQSh Davlat kotibasi Hillari Klinton matbuot erkinligi hamda inson huquqlari borasida kengroq majburiyatlarni olishga chaqirdi.

Klinton xonim aytishicha, Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti yangi konfliktlarning oldini olishi hamda mintaqaviy muammolarning tinch yo‘llarini topishda to‘la rol o‘ynashi kerak.

Qozog‘iston xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining tanqidlariga sabab bo‘lgan hamda faollar inson huquqlariga rioya etilishi masalasi ushbu uchrashuvning kun tartibiga kiritilgani noo‘rindir.

OXHTning Ostona sammiti bundan 11 yil oldingi Istanbul sammitidan keyingi tashkilotning ilk oliymaqom yig‘inidir.

Qozog‘istonning 2010 yildagi Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga raislik qilgani munosabati bilan mamlakat rahbariyati ushbu sammit o‘tkazilishiga erishdilar.

Sammitda tashkilotga a‘zo 56 mamlakat va 12 hamkor davlatlarning rahbarlari ishtirok etmoqda.

Ostona sammitida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qatnashmayapti, mamlakatni Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov taqdim etgan.