Marta Brill Olkot: Klinton Karimovga ma‘ruza o‘qish uchun borayotgani yo‘q

Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti sammitidan keyin AQSh Davlat kotibasi Hillari Klintonning Qirg‘iziston va O‘zbekistonga safari mo‘ljallangan.

AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, Klinton xonim O‘zbekistonga safari davomida Prezident Islom Karimov bilan uchrashmoqchi.

O‘zbekiston Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlari uchun muhim ta‘minot yo‘li vazifasini bajarib keladi.

Va oxirgi paytda AQSh harbiylari uchun O‘zbekistondan ham o‘tadigan "Shimoliy Ta‘minot Tizimi" deb ataladigan yo‘l ahamiyati ortgan.

So‘nggi oylarda amerikalik yuqori martabali mulozimlar va harbiylarning O‘zbekistonga safarlari ham odatiy tus olgan.

Ammo bularning barchasiga qaramay, AQSh Davlat departamentining yillik hisobotlarida O‘zbekistondagi inson huquqlari va diniy erkinlar bilan bog‘liq ahvol keskin tanqid ostiga olinadi.

Departament tomonidan yaqinda e‘lon qilingan hisobotda O‘zbekiston "xavotir uyg‘otuvchi" davlatlar qatorida tilga olinadi.

Va O‘zbekiston bu safar ham diniy erkinliklarni eng qattiq toptaydigan mamlakatlar sirasiga kiritilgan.

Shu yil boshida chiqargan hisobotida esa, AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston hukumatini fuqarolar huquqlarini qo‘pol ravishda buzishda davom etayotgani uchun tanqid ostiga olgandi.

AQSh Davlat kotibasi Hillari Klintonning Toshkentga tashrifi haqida Karnegi jamg‘armasi tadqiqot markazidan professor Marta Brill Olkort shunday fikr bildirdi:

Mening nazarimda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Markaziy Osiyodagi mavqei har doim bo‘rttirib ko‘rsatilgan. amalda biz mintakada uncha katta ta‘sirga ega emasmiz. utgan yigirma yil mobaynida kushma shtatlar bu kabi ta‘sir mexanizmini yarata olgani yuk. bir davlat raxbarining ikkinchi bir davlat raxbariga mamlakatni kanday boshkarini urgatishi kiyin bir narsa. uzbekiston misolida gapiradigan bulsak, kushma shtatlar uzbekiston bilan soglom munosabatlarni yulga kuyishga xarakat kilishini kutishimiz mumkin. tasavvur kiling, agar klinton xonim islom karimovga xukumatni kanday boshkarish xakida ma‘ruza ukiydigan bulsa, bu xech kaysi tomonga foydali bulmaydi. agar aksh davlat kotibasi uzbekiston prezidenti bilan uzini bezovta kilayetgan masalalarni muxokama etganida edi, bu anchayin xakkoniy va chukur munosabatlarni urnatish yulidagi kadam bulur edi. ammo klinton xonim yaxshi siyesatchi va xozirda diplomatiyaning xam ancha xavosini olgan, deb ishonaman. shuning uchun u uzbekistonga, deylik, kozogistondagi kun tatibi bilan borayetgani yuk. men klinton xonimning uzbekistondagi fukaro jamiyati vakillari bilan uchrashuvi rejalanganini xam bilmayman. agar shunday uchrashuv yuz bersa, buning samarali bulishigia xam shubxa kilaman. menimcha klinton xonim uzbekistonga asosan, afgoniston masalasi bilan bormokda. prezident karimov xoynaxoy, xillari klintonga asta-sekinlik bilan demokratik isloxotlarni amalga oshirayetgani xakida gapiradi va klinton xonim xam bu isloxotlar yanada tezlashsa, nur ustiga a‘lo nur bulishini aytadi.