Avstraliyada qochqinlar kemasi halokatida 27 inson nobud bo‘ldi

Avstraliyaning "Mavlud" oroli yaqinidagi suvda qochqinlar o‘tirgan kema halokatga uchrab, kamida 27 inson halok bo‘ldi.

Ulardan 42 nafari omon qolgani aytilmoqda. Yog‘och kema boshpana izlovchilar tutib turiladigan "Mavvlud" orolidagi markazga ketayotgan bo‘lgan.

Orolliklar yordam so‘rab qichqirgan qochqinlarning ovozlari eshitilganini aytishadi.

So‘nggi oylarda quturib yotgan dengizdagi kema qoyaga urilgan va parchalanib ketgan.

Yaqindagi mahalliy odamlar jon talvasasidagi qichqiriqlardan uyg‘onib ketishganini aytishadi.

Yugurib sohilga kelgan odamlar ayol erkak va ayollar o‘tirgan kema yakson bo‘lib ketganini ko‘rishgan.

Odamlar sohildagi qutqaruv nimchalari va arqonlarni otishgan, bojxona vakillari ham shishirma kemalarni tashlashgan.

Harbiylar ham uchta kema bilan qutqarishga intilganlar, lekin dengizdagi dovul qutqaruv amaliyotiga xalaqit qilgan.

Kemada yetmishga yaqin qochqin bo‘lgan. Ular Iroq va Eronlik boshpana izlovchilar bo‘lgani aytilmoqda.

"Mavlud" orolida boshpana izlovchilar tutib turiladigan yirik markaz bo‘lib, u yerda hozir ikki ming odam bor.

Dengizdagi sharoit shu qadar yomonki, boshqa bir kemani qutqarish uchun dengizga chiqqan harbiy kema, langar tashlaydigan joyga qaytib kirolmagan.