Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vaziri Robert Geyts Xitoyga bordi

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts Pekin bilan taranglashgan munosabatlarni yumshatish uchun Xitoyga safar qilmoqda.

Ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar davomida asosan xavfsizlik masalalariga e‘tibor qaratilishi kutiladi.

Geyts janoblarining Pekinga safari Prezident Xu Jintao kelasi hafta Vashingtonga kelishi ketilayotgan bir paytda kuzatilmoqda.

Robert Geyts Xitoyning harbiy imkoniyatlarini rivojlantirayotgani Qo‘shma Shtatlarni xavotirga solayotganini aytgan.

Amerika rasmiylariga ko‘ra, mamlakatning raketa texnologiyasi sohasida ilgarilayotgani mintaqada faoliyatda bo‘lgan AQSh harbiy kemalariga tahdid solishi mumkin.

Pekin esa, Xitoy o‘z harbiy kuchlari tahdid emasligi, butunlay mudofaa maqsadini ko‘zlashini aytadi.

Ammo, Xitoy yaqinda o‘z chegaralari yaqinidagi dengizda o‘tkazilgan Amerika va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashqlari yuzasidan xavotir bildirib chiqqandi.