Amerikalik olimlar quyosh tizimidan tashqarida mitti sayyorani kashf etdilar

Amerikaning NASA fazo agentligi olimlari quyosh tizimi tashqarisidagi hozirga qadar bilingan eng kichik sayyorani kashf etdilar.

Quyosh tizimi tashqarisidagi sayyoralarni izlash hozirga qadar o‘nlab natijalarni bergan.

Ammo hozirga qadar kashf qilingan sayyorlarning ko‘pchiligi ulkan gaz gigantlaridan iborat edi.

So‘nggi kashf etilgan sayyora ko‘p jihatdan bizning yerimizga o‘xshab ketadi.

Uning hajmi ham yernikiga yaqin. Ammo unda hayot mavjud bo‘lishi ehtimoli deyarli yo‘q.

Yangi sayyoraning orbitasi quyoshga juda ham yaqin va undagi harorat ming gradusga yaqinlashadi.

Ammo kashfiyot yerga o‘xshagan sayyoralar noyob emasligini ko‘rsatadi.

Kelajakda olimlar hayot mavjud bo‘lgan sayyoralarni topishlariga ham umidlar ortgan.