"Domodedovo"dagi portlash uchun mas‘uliyatni Doku Umarov o‘z zimmasiga oldi

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC World Service

Chechen bo‘lginchilari rahbarlaridan biri Doku Umarov 24 yanvar kuni Moskvaning "Domodedovo" aeroportida sodir etilgan portlash uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Bu haqda u dushanba kuni tunda bo‘lginchilarning bayonotlari e‘lon qilinadigan Kavkazcenter.com dagi video murojaatida ma‘lum qilgan.

Videoda harbiy kamuflyaj kiygan Doku Umarov portlashni "maxsus amaliyot" deb tasvirlaydi va yanada .

"Bu maxsus amaliyot mening buyrug‘im bilan amalga oshirildi. Inshooolloh, kelajakda ham bu kabi maxsus amaliyotlar o‘tkaziladi", deb aytgan murojaatda janob Umarov.

"Biz mujohidlar, deb aytgan u, - Qafqosni mustaqil, islomiy davlat qilishga intilamiz".

Uning da‘vo qilishicha, bu kabi hujumlarni amalga oshirishga tayyor turgan yuzlab insonlar bor va ular "har daqiqada hujum qilishlari mumkin".

"Domodedovo" aeroportining xalqaro parvozlar bo‘lagida xudkush hujumchining o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 36 inson, jumladan, bir O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq inson yaralangan.

Rossiyalik prokurorlar hudkush hujumchining Ingushetiyalik 20 yashar yigit ekanini aytishgan.

Doku Umarov Rossiya hududida amalga oshirilgan qator hujumlar, jumladan, o‘tgan yili Moskva metrosida sodir etilgan qo‘sh xudkushlik hujumi uchun mas‘ul, deb ishoniladi.

Portlashda 38 kishi halok bo‘lgan edi.

"Javob amali" Chechen bo‘lginchilari rahbari "Domodedovo"dagi portlash nafaqat Shimoliy Qafqos, balki butun dunyoda musulmonlarning siqishtirilayotgani va o‘ldirilayotganiga "javob amali" ekanini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Domodedovo"dagi portlashga butun dunyo aza tutgani holda, Pokiston, Afg‘oniston, Iroq, Jazoyir va boshqa davlatlarda o‘nlab musulmonlarning qatl etilishiga hech kim hech qanday munosbat bildirmayotir.

Ayni paytda Doku Umarov Rossiyada shunchalik ko‘p qon to‘kilishi va katta qurbonlar berilishini istamasligi, buning uchun Rossiya Qafqosni tark etishi kerakligini urg‘ulagan.

Chechen qo‘mondonining video murojaati "Domodedovo"dagi portlashdan ikki hafta o‘tib, paydo bo‘lgan.

Bunga qadar Rossiyadagi ko‘pchilik ekspertlar portlash uchun hech ki ma‘suliyatni zimmasiga olmaganidan taajjub bildirishgandi.