Сўнгги янгиланиш 23 феврал 2011 - 13:15 GMT

Jahon Liviyadagi vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda

Birlashgan Millatlar tashkilotining Xavfsizlik kengashi Liviyada tinch fuqarolarga qarshi kuch qo‘llanganini qoraladi va insonlar umriga zomin bo‘lganlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Xavfsizlik kengashi Liviyada zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga da‘vat etgan.

Mamlakat hokimiyati "o‘z xalqining haqli talablari bilan hisoblashishi kerak", deyiladi BMT bayonotida.

Kecha Liviya rahbari Muammar Qaddofiy televideniye orqali chiqish qilgan va iste‘foga chiqmasligini, "shu zaminda shahid bo‘lishi"ni aytgan.

bu yerga bosing Qaddofiy tahdid qilmoqda

U o‘z tarafdorlarini ko‘chalarga chiqishga va o‘ziga qarshi bo‘lganlarni yo‘q qilishga chaqirgan.

Polkovnik Qaddofiy isyonni "kerak bo‘lsa uyma-uy bosib ham tugatishi" haqida aytgan.

Liviyani 40 yildan ortiq vaqtdan buyon boshqarib kelayotgan Muammo Qaddofiy so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi namoyishlar "xoinlar va suvaraklar" tomonidan uyushtirilgan va ular o‘lim jazosiga loyiqdirlar.

Biroq Liviya hukumatidagi ikki vazir namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilishiga norozilik sifatida iste‘foga chiqqanlar.

Mamlakatning ichki ishlar vaziri Abdul Fattoh Yunus Al-Obidiy o‘zining iste‘fosini e‘lon qilar ekan, armiyani "xalqqa qo‘shilishga va xalq talablarini inobatga olishga chaqirgan".

Janob Al-Obidiy Liviyada Muammar Qaddofiydan keyin ikkinchi qudratli shaxs deb ko‘riladi.

Liviyada oddiy odamlar janob Qaddofiyning bayonotini g‘azab bilan qarshi olganlar, BBC muxbiriga ko‘ra, ko‘pchilik Qaddofiy qudratdan butkul ketishidan ilgari mamlakatni vayron qiladi, deya xavotir bildirmoqda.

Inson huquqlarini himoya qilish Human Rights Watch tashkiloti xabar qilishicha, Liviyada aksilhukumat chiqishlari boshlanganidan buyon kamida 300 inson halok bo‘lgan.

BMT Xavfsizlik kengashi Liviyadagi vaziyatni bir kun muhokama etdi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.