Londonlik imom fikrlari musulmonlar g‘azabini qo‘zg‘atdi

Image caption Islom Britaniyada ikkinchi yirik din hisoblanadi

Londondagi mashhur masjidlardan birining imomi unga o‘lim tahdidlari bo‘lgach, inson evolyutsiyasi va hijob masalasi haqidagi bayonotlarini qaytarib olishga majbur bo‘lgani oydinlashgan.

Vestminster universiteti o‘qituvchsi doktor Hasan o‘z ixtiyori bilan London sharqida joylashgan Leyton masjidida imomlik qilishdan o‘z ixtiyori bilan voz kechgan va Darvin nazariyasini himoya qilishda "haddidan oshganini" e‘tirof etgan.

Vestminster Universitetining katta lektori, Londondagi Leyton masjidi imom xatibining muovini doktor Hasan mahalliy gazetalardan biri orqali chiqish qilib, Darvinning evolyutsiya nazariyasi Islom ta‘limotiga qarshi tushmasligini ma‘lum qilgandi.

U shuningdek hijob o‘rash Britaniyada musulmon ayollarning o‘z ixtiyorlariga havola ekanini aytgandi.

Doktor Hasanning bu qarashlari dunyoning bir necha mamlakatida musulmon olimlarining keskin tanqidlari, o‘lim tahdidlari va unga qarshi varaqalarning tarqatilishiga sabab bo‘lgandi.

Doktor Hasan o‘z qarashlarida xatolarga yo‘l qo‘yganini e‘tirof etgan.

U ayni fikrlarni ilgari surish bilan bahslarga yo‘l ochishga umid qilganini aytgan.