Rossiyada inson fazoga uchganining 50 yilligi nishonlanmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Rossiyada Yuriy Gagarin fazoga uchganiga 50 yil to‘lgani tantana bilan nishonlanmoqda. 19961 yil 12 aprel kuni ilk bor inson kosmosga parvoz qilgan va Yer shari orbitasini to‘la aylanib tushgandi.

Ushbu kun munosabati bilan Moskvada qator tantanalar bo‘lib o‘tadi va Kremlda zambaraklardan 50ta mushak otiladi.

Prezident Dmitriy Medvedev buni dunyoni o‘zgartirgan "inqilobiy" hodisa deya ta‘riflagan.

Fazoga parvoz Yuriy Gagarinni bir zumda dunyo bo‘ylab mashhur qilib yuborgan va inson zoti Yerdan tashqarida jon saqlay olmaydi degan qo‘rquvlarga barham bergandi.

1961 yildan beri kosmosga 500dan ortiq kishi parvoz qildi.

"Yuriy Gagarindan oldin hech kim fazodagi sharoitlarda inson chiday oladimi yo‘qligini bilmasdi. Ayrimlar vaznsizlik odamni telba qilishi mumkinligiga ishonishgan...Shu bilan birga radiatsiya ta‘sirlaridan ham xavotirlar bo‘lgan", deydi Moskvadagi BBC muxbiri Stiv Rozenberg.

"Biroq, fazodan Gagarinning yuzi ko‘rinib, ovozi eshitilarkan, dunyo kosmos qo‘rqinchli joy emasligi, tadqiq etilishi kerakligiga guvoh bo‘ldi", deydi muxbirimiz.