Obidxon qori Nazarov: "Islomda ramzlarga sig‘inish yo‘q"

Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasining raisi, bosh muftiy Talgat Tojuddin Rossiya davlat gerbini o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan.

Bu haqda Talgat Tojuddin "Moskovskiye Novosti" internet nashri bilan suhbat chog‘ida ma‘lum qilgan.

Rossiya Bosh Muftiysi o‘z taklifini Rossiya prezidenti va bosh vaziriga yo‘llaganini aytgan.

Rossiya davlat gerbida har birining xoch toji kiydirilgan ikki kallali burgut tasvirlangan.

Talgat Tojuddin burgutlardan birining boshiga yarim oy o‘rnatilishi zarur deb hisoblaydi.

"Biz bir boshning yarim oy, boshqasining esa pravoslav xochi bilan bezatilishini istaymiz, xolos. O‘rtadagi tojni esa ham yarim oy va ham xoch bilan bezashsin. O‘shanda birorta dushman vatanimiz yaxlitligiga zarar yetkazish maqsadida diniy faktordan foydalana olmaydi," deb aytgan Rossiya bosh muftiysi Talgat Tojuddin.

BBC Talgat Tojuddin ilgari surgan taklif borasida taniqli imom Obidxon qori Nazarov bilan suhbatlashdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди