O‘zbekiston diniy erkinliklar bo‘yicha 'alohida xavotirga molik' davlatlar qatorida

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi yillik hisobotidagi "alohida xavotirga molik" davlatlar qatorida O‘zbekiston ham bor.

Hisobotda O‘zbekiston diniy erkinliklar bo‘yicha vaziyat abgor qolayotgan mamlakat sifatida Birma, Xitoy, Misr, Eritreya, Eron, Iroq, Negiriya, Shimoliy Koreya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Sudan, Turkmaniston va Vetnam kabi davlatlar qatorida tilga olingan.

Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasining ushbu ro‘yxatiga Misr ilk bor kiritilgan.

Komissiya rahbari Leonard Leoga ko‘ra, "alohida xavotirga molik" davlatlar dunyodagi diniy erkinliklar va inson huquqlari eng ko‘p bug‘ilgan va poymol etilgan mamlakatlardir.

O‘zbekiston

Bi-bi-siga gapirgan Leonard Leo O‘zbekistonda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmay qolayotganini aytdi.

"Bir necha yillar o‘tib ham biz O‘zbekistondagi sharoitlar yaxshilayotganini ko‘rmadik. Hukumat davomli ravishda hamon diniy e‘tiqod erkinligiga tajovuz qilib keladi. Diniy erkinliklarga qarshi qattiqqo‘l qonunlar amalda", deydi Leonard Leo.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda nafaqat diniy ozchiliklar huquqlari, balki mamlakatda ko‘pchilikni tashkil etuvchi musulmonlar haq-huquqlarini ham cheklamoqda.

"Va bu amallar xalqaro inson huquqlari bo‘yicha andazalarga mos tushmaydi".

Ammo, bunday ogohlantirishlar ma‘lum vaqtdan beri berilayotganiga qaramay, nima uchun AQSh hukumati O‘zbekistonga qarshi biron chora ko‘rishdan tiyilib kelmoqda degan savolga javob berarkan, Leo janoblari shunday deydi:

"Aniqki, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston va uning hukumati bilan muhim strategik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan. Ammo, komissiyamiz fikricha, bizning milliy xavfsizlik bo‘yicha uzoq muddatli manfaatlarimizga O‘zbekistondagi barqarorlik va xavfsizlik ko‘proq xizmat qiladi. Buning uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zbek hukumati bilan qonunlarini isloh qilish va mamlakatdagi musulmonlar va boshqa diniy ozchiliklar huquqlarini hurmat qilish masalasida samarali muloqotlarni yo‘lga qo‘yishi kerak".

Ayni paytda Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi rahbari Leonard Leo ikki tomon o‘rtasida bunday muloqotlar ma‘lum miqyosda allaqachon yo‘lga qo‘yilgani, biroq bu yetarli emasligini aytadi.

"Albatta, AQSh hukumati O‘zbekistonni "alohida xavotirga molik davlatlar sirasiga kiritgan, ammo unga qarshi jazo choralari e‘lon qilgani yo‘q. Biz qurol - yarog‘ savdosiga cheklovlar kiritishimiz, oliy martabali o‘zbek rasmiylari tashrifini ta‘qiqlashimiz mumkin. Ammo, biz buni qilmayapmiz. AQSh hukumati agentliklari inson huquqlari