AQSh va Xitoy Pekinda inson huquqlarini muhokama qilmoqdalar

Фото муаллифлик ҳуқуқи REUTERS
Image caption Pekindagi muzokaralarda dissident-rassom Ay Veyvey kabilarga qarshi tazyiqlar masalasi muhokama qilinadi.

AQSh va Xitoy rasmiy vakillari Pekindagi muzokaralarda inson huquqlari masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Amerika rasmiylari Xitoyni muxolif qarashda bo‘lganlarga qarshi tazyiqlarini yumshatishga undashlari kutilmoqda.

Xitoylik faollarga ko‘ra hukumat tazyiqlari oxirgi yillarda juda kuchaygan.

Hukumatni tanqid qilgan dissident-rassom Ay Veyvey doxil huquqshunoslar, blogerlar va boshqa faollar tazyiq ostiga olinganlar.

AQSh Davlat Departamenti chiqargan bayonotda aytilishicha, muzokarlar davrida shuningdek "odamlarning bedarak yo‘qolishlari va hibsga olishlar" masalasi ham ko‘tariladi.

Vashington va Pekin o‘rtasida inson huquqlari dialogi bir necha yillik tanaffusdan so‘ng 2008 yili qayta boshlangandi.

Muzokaralarda Xitoy hay‘atiga Tashqi Ishlar vaziri Chen Xu rahbarlik qilmoqda.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi vakilining aytishicha, Vashington bilan muzokaralar ikki o‘rtada tushunmovchilikning kamayishiga olib kelishiga umid qilmoqdalar, ammo inson huquqlari mamlakatning ichki ishlariga aralashish uchun bahona bo‘lmasligini kerakligini ta‘kidladi.

Taniqli dissident-rassom Ay Veyvey aprel oyi boshlarida xorijga yo‘l olgan vaqti hisbga olingandi.

Rasmiylarga ko‘ra, unga iqtisodiy jinotyalar bo‘yicha jinoiiy ish ochilgan.

Ammo Ay Veyveyning oilasiga uning qayerda ushlab turilgani va tekshiruv ostida ekanligi haqida hech qanday ma‘lumot berilmagan.

Tazyiq ostiga olinganlardan ba‘zilari bedarak yo‘qolganlar, boshqalariga esa uzoq muddatli qamoq jazolari belgilangan.

Xitoyda ba‘zilar rasmiylar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridagi hodisalar qaytarilishining oldini olish uchun shu kabi amallarga qo‘l urayotganliklarini aytishmoqda.

Boshqalar esa kelgusi yil kutilayotgan mamlakat rahbariyatidagi o‘zgarishlar arafasida har bir rasmiy o‘zining mamlakat siyosatiga sodiqligi va qattiqqo‘lligini namoyish qilishga urinmoqdalar, demoqdalar.