Liviya rasmiylari: 'NATO hujumi oqibatida Qaddofiyning kenja o‘g‘li halok bo‘ldi'

Фото муаллифлик ҳуқуқи afp
Image caption NATO hujumiga uchragan binoni borib ko‘rgan jurnalistlarning xabar berishlaricha, binoga katta zarar yetkazilgan va ichkarida bir portlamay qolgan bomba ham bor.

Liviya hukumati so‘zchisining aytishicha, NATO hujumi oqibatida Muammar Qaddofiyning kenja o‘g‘li Saif al-Arab uch farzandi bilan birga halok etilgan.

Rasmiyga ko‘ra, Muammar Qaddofiyning o‘zi ham hujumga tutilgan binolardan birida bo‘lgan, ammo omon qolgan.

NATO Liviya poytaxtiga hujum qilinganligi ma‘lum qildi, ammo Liviya rahbarining o‘g‘li halok etilganligi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

NATo so‘zchisiga ko‘ra, Tripolidagi "boshqaruv va nazorat qarorgohi" nishonga olingan.

General-leytenant Charlz Bauchardga ko‘ra, NATO harbiy nishonlarni hujumga tutadi, alohida shaxslarni emas.

Janob Bauchard Muammar Qaddofiyning o‘g‘li halok bo‘lgani haqidagi xabarlardan voqif ekanligini aytdi, ammo xabarni tasdiqlamadi.

NATO hujumiga uchragan binoni borib ko‘rgan jurnalistlarning xabar berishlaricha, binoga katta zarar yetkazilgan va ichkarida bir portlamay qolgan bomba ham bor.

Saif al-Arab Olmoniyada tahsil olayotgan edi, lekin Liviyadagi mojarolar boshlanishi bilan otasining yonida bo‘lish maqsadida Liviyaga qaytgandi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Liviya poytaxtidagi muhim binoalr xaritasi

Liviya hukumati so‘zchisi Muso Ibrohimning aytishicha, Saif al-Arab turgan bino qaqshatqich hujumga tutilgan. Uning da‘vo qilishicha, NATO hujumidan maqsad "Liviya rahbarini nishonga olish" edi.

NATO hujumiga uchragan Bab ul-Aziziya qarorgohi Qaddofiy rahbarligining ramzi bo‘lib kelgan.

Tripoli markazida joylashgan bu majmua Qaddofiy oila a‘zolarining yashash manzillari, harbiy baraklar va bir qator boshqa binolardan iborat.

Majmua markazida 1986 yili AQSh tomondan hujumga tutilgan sobiq qarorgoh vayronalari saqlab qolingan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty
Image caption 1986 yili hujumga tutilgan Qaddofiy qarorgohi vayronlari saqlab qolingan.

1986 yilgi hujumda Muammar Qaddofiyning asrab olgan qizi halok bo‘lganligi da‘vo qilingandi.

Liviyaga qarshi o‘sha hujum Olmoniyadagi diskotekalardan biriga qilingan hujumda ikki AQSh generali halok bo‘lib, bu hujumda Liviyaning qo‘li borligi aytilganidan so‘ng amalga oshirilgandi.

Hujumda vayron etilgan qarorgoh qayta tiklanmagan va "Matonat uyi" nomi ostida saqlab qolingan. Vayronalar o‘ngida amerika uchog‘ini changalda shulab turgan katta qo‘l shaklida haykal barpo etilgan.

Oxirgi bir necha oy mobaynida Muammar Qaddofiy ayni ana shu ramziy haykal o‘ngida turib bir necha marotaba xalqqa murojaat qildi.