Gurji muxolifati Saakashvili iste‘fosi talabi bilan norozilik amaliyotlari o‘tkazmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP Getty

Gurjiston muxolifati Prezident Mixail Saakashvili iste‘fosini talab qilib poytaxt Tbilisida norozilik amaliyotlarini boshlagan.

Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi ko‘p sondagi namoyishchilar tunni Tbilisidagi hukumat uyi binosi oldida o‘tkazganlar.

Norozilik tadbirlari Prezident Mixail Saakashvilining Mojaristonga safari payti boshlangan.

Muxolifat norozilik amaliyotlarini Mixail Saakashvili o‘zi lavozimidan ketmaguncha to‘xtatmaslik qarorida ekanini aytmoqda.

Yakshanba kuni Gurji politsiyasi namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiradigan gaz va rezina o‘qlar qo‘llagan.

Politsiyaga ko‘ra, namoyishchilar politsiya avtomobiliga hujum qilganlari uchun bunday choraga ko‘l urilgan, bir necha namoyishchi hibsga olingan.

25 may kuni Gurjistonda "G‘azab kuni" belgilangan.

Buni muxolifat Gurji inqilobi kuniga aylantirish niyatida.

Namoyishchilar ingliz va gurji tillarida "Tinch ket" yozuvlarini osganlar.

Ilk namoyish shanba kuni o‘tkazilgan, muxbirlarning xabar qilishicha, Tbilisi ko‘chalariga olti ming atrofida namoyishchi chiqqan.

Norozilik tadbirlari yakshanba kuni ham davom etgan, biroq namoyishchilarning soni dastlabki kundagiga qaraganda kam bo‘lgan.

Gurjiston rasmiylari norozilik tadbirlari tinch o‘tsa, bunga qarshilik qilmasliklarini aytganlar.