Yaman prezidenti juma hujumida o‘ta qattiq jarohat olgani aniqlandi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP
Image caption Ali Abdulloh Solih hujum ortidan hali televideniye orqali chiqish qilgani yo‘q

Yaman Prezidenti Ali Abdulloh Solih o‘tgan hafta o‘z saroyiga qilingan raketa hujumida avval xabar qilinganidan ko‘ra ancha jiddiyroq jarohatlar olgan. Bu haqida AQSh rasmiylari matbuotga ma‘lum qilishgan.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, juma kungi hujum oqibatida janob Solih tanasining 40 foizi kuyib ketgan va uning miyasida qonash yuz bergan.

U hozirda Saudiy Arabistonida tibbiy muolaja olmoqda.

Prezident Solihga yaqin manba BBCga Yaman rahbari ko‘kragi va yuzidagi ikkinchi darajali kuyishdan jabr chekayotgani va yuragi ostida yetti yarim santimertlik shrapnel tiqilib qolganini bildirdi.

Yamanning vaqtinchlik rahbari Vitse-Prezidenti Abdi Rabbu Mansur Xadiy janob Soliy kelgusi bir necha kun ichida poytaxt Sanaga qaytishini bildirgandi.

Biroq, tahlilchilarning aytishlaricha, janob Solih jarohatlarining naqadar abgorligi u mamlakatga qachon qaytishi yoki umuman qaytish-qaytmasligiga katta ta‘sir qiladi.

Yamanni 1978 yildan beri boshqarib kelayotgan janob Solih mamlakatni fuqarolik urushi yoqasiga keltirgan va 350dan oshiq o‘limlarga sabab bo‘lgan notinchliklarga qaramay, prezidentlik kursisidan ketishni istamayapti.

Bir necha bor va‘da berganiga qaramay, u Saudiylar boshchiligida Ko‘rfaz Hamkorlik Kengashigi tomonidan erishilgan hukumat almashinuvi rejasini qabul qilishdan bosh tortib kelmoqda.