Сўнгги янгиланиш 14 июн 2011 - 13:37 GMT

Britanlarning iroqliklarni tahqirlaganini tekshirayotgan tergov boshi berk ko‘chaga kirib qolgan

BBCga ma‘lum bo‘lishicha, Britaniya qo‘shinlarining Iroq fuqarolarini tahqirlanganlari borasidagi da‘volarni tergov qilish uchun tuzilgan britan politsiya guruhi o‘z tergovini davom ettira olmayapti.

Bunga sabab shuki, iroqliklar bu tergov bilan hamkorlik qilishdan endi bosh tortishmoqda.

O‘n bir million dollardan oshiq pulni sarflagan tergov guruhi o‘tgan noyabrda ishini boshlagandan beri atigi bir qurbondan ko‘rsatma ola olgan, xolos.

Iroqliklarga ko‘ra, britan tergovchilari iroqlik qurbonlarning ko‘ngliga qarab, yetarlicha yumshoqlik bilan ularga munosabat qilmaganlar

Rasmiy Iroq tomoni tergov jarayonidan butunlay chiqib ketayotganini bildirdi.

Tergov guruhi britanlar tomonidan tahqirlaganlari iddao qilingan 149 nafar iroqlik fuqaroni so‘roq qilishi kutilgandi.

Iroqlik mahbuslar 2003 va 2008 yillar o‘rtasida britan qo‘shinlari tomonidan jinsiy tahqirlanganlari, oziq-ovqat va suvsiz ushlab turilganlari, uyqudan mahrum etilganlari, uzoq muddatga yakka izolyatorlarda saqlanganlari va soxta qatl amallarida ishtirok etganlarini da‘vo qilishgan.

Iroq Tarixiy Da‘volari deya nom olgan tergov guruhi ojiz qurbonlardan ko‘rsatma olish jarayonida barcha qonun-qoidalarga bo‘ysunishganini aytishmoqda.

Tergovchi guruh 83 kishidan iborat bo‘lib, ularning 38 nafari G4S xususiy shirkati xodimlaridir.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.