Medvedev: Putin bilan saylovda raqobatni tasavvur qilish qiyin

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP RIA Novosti

Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedevning Londonda nashr etiladigan Financial Times ro‘znomasi bilan suhbatida aytishicha, 2012 yilga mo‘ljallangani prezidentlik saylovida ham o‘zining va ham Vladimir Putinning ishtirok etishi mamlakatga zarar keltiradi.

Ikkinchi muddatga o‘ziningizning nomzodingizni ilgari surasizmi, degan savolga Dmitriy Medvedev, bunga qarshi emasligini, biroq bu boradagi o‘zining qarorini keyinroq e‘lon qilishini aytgan.

Financial Timesning "Prezidentlik saylovida ham siz va ham Vladimir Putin bir vaqtning o‘zida nomzodlaringizni ilgari surishlaringiz mumkinmi", degan savoliga Dmitriy Medvedev, "buni kamida bir sabab tufayli tasavvur qilish mumkin", deb javob qaytargan.

"Gap shundaki, mening hamkasbim va eski o‘rtog‘im Vladimir Putin bilan birga biz ikkovimiz bir siyosiy kuchni namoyon etamiz. Shu ma‘noda ikkalamiz o‘rtamizdagi raqobat oxirgi yillarda biz birga hayotga tatbiq etib kelgan vazifa va maqsadlarga zarar keltirishi mumkin. Shu bois, bu bizning mamlakatimiz va konkret vaziyat uchun eng yaxshi stsenariy bo‘lmasa kerak", deb aytgan Dmitriy Medvedev.

Dmitriy Medvedev Britaniya ro‘znomasining o‘zi bilan Vladimir Putin o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqidagi taxminlarni mutlaqo rad etgan.