Britaniya Bosh vaziri: "Shaxsiy telefonlarni yashirin eshitish yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi"

Фото муаллифлик ҳуқуқи PA
Image caption Da‘vo qilinishicha, 2002 o‘ldirib ketilgan Milli Douler cho‘ntak telefonidagi xabarlar yashirincha eshitilgan.

Britaniya bosh vaziri Devid Kameron News of the World ro‘znomasi xodimlari tomonidan qator shaxsiy telefonlar yashirin eshitilganligi da‘volari yuzasidan tekshiruv o‘tkazish va‘dasini berdi.

Janob kameronninng aytishicha, bundan bir necha yil avval o‘ldirib ketilgan Milli Doulerning g‘oyib bo‘lganidan so‘ng uning cho‘ntak telefonida qoldirilgan xabarlarni yashirincha eshitish harakatlari "jirkanch"dir.

Aytilishicha, News of the Worldga ishlovchi xodim 2002 yili Milli Douler g‘oyib bo‘lganidan so‘ng uning telefonidagi xabarlarni eshitib, ko‘proq xabarlar yetib kelishi uchun joy yaratish maqsadida hatto avvalgilarini o‘chirib yuborgan.

Bundan avval ham qator taniqli shaxslar va siyosatchilar ularning telefonlari yashirincha eshitilganligidan shikoyat qilgandilar.

The News of the World- Dunyo yangiliklari gazetasining qirollik masalalari bo‘yicha muharriri Klayv Gudman va xususiy tadqiqotchisi Glen Malkeyye qirolicha oilasi xizmatchilarining qo‘l telefonlarini eshitish yuzasidan qamoqqa tashlangandi.

O‘shandan beri olib borilgan qator tekshiruvlar va ochilgan jinoiy ishlar orqali bunday amallar qanchalar keng tarqalgani o‘rganildi va buning ortidan politsiyadan tortib, taniqli shaxslar va siyosatchilarning telefon muloqotlarini ham eshitishga urinilgani oshkor bo‘ldi.

Ushbu gazeta Britaniya qirolligi taxti vorsilaridan Shahzoda Villiamning tizzasidan jarohat olgani haqida xabar chop etadi. Va buning ortidan qirollik o‘z yordamchilari telefon ovoz pochtalari eshitilayotgani yuzasidan xavotir bildira boshladi.

Ana shu asosda ma‘lum bo‘lgan amallar asosida 2007 yil yanvarida Gudman va Malkeyye 4 va 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Da‘volar hali nihoya topgani yo‘q. Yanada ko‘proq mashhur shaxslar o‘z telefonlariga "hujum"lar bo‘lganini iddao qilishgan va ayrimlar gazetani va tekshiruvlarni risoladagidek olib bormaganligidan shikoyat qilib, politsiyani mahkama berishgan.

Bu amallar shaxsiy telefonlarni yashirincha eshitish mumkin emasligi borasidagi qonunga ziddir.

Agar The News of the World gazetasi rahbarlari Malkeyyega ovoz qoldirish pochtalarini eshitishga noqonuniy ravishda buyruq berishgan bo‘lsa, ular ayblovlarga yuz tutishlari mumkin. Bunday da‘volar davomli paydo bo‘layotgani politsiya uchun ham, siyosatchilar va Rupert Murdokning biznes manfaatlari uchun ham zarardir.

Qirollik oilasi xizmatchilaridan tashqari, publitsist Maks Klifford, Professional Futbolchilar Uyushmasi ijroya direktori Gordon Teylor, Liberal demokratlar partiyasidan parlament a‘zosi Saymon Xyus va yana bir qator taniqli shaxslar News Internationalga qarshi da‘volar bilan chiqishdi va bu ishlar, xabar qilinishicha, 700,000 va 1 millionlik tovon to‘lash kelishuvi bilan mahkamaga qadar yetib borishining oldi olingan.

Har bir shaxsning telefon pochtasiga kirish 2000 yil parlament tomonidan chiqarilgan qonunga ziddir. Shu bilan birga 1990 yil kompyuter jinoyatlarining oldini olishga qaratilgan qonunning buzilish hollari kuzatilgan. Faqat Britaniya xavfsizlik xizmatlari telefonlarni eshitishga buyruq berishlari mumkin.