Obama Amerika xalqini iqtisodiy tanazzuldan ogohlantirdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Prezident Obamaning aytishicha, AQSh o‘z qarzlarini to‘lay olmasligi mumkin

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Barak Obama va Kongress raisi-respublikachi Jon Beyner federal qarzlar bilan bog‘liq inqirozda bir-birlarini ayblashgan.

Obama janoblari respublikachilarni byudjet qisqartirishlarda oyoq tirab turib olganligini tanqid ostiga olarkan, agar qarz olishdagi cheklovlar bekor qilinmasa, oqibatlari ijobiy bo‘lmasligidan ogohlantiradi.

Beyner janoblari esa, AQSh prezidentini yo‘q pulga qo‘lga cho‘zayotganlikda ayblab chiqqan.

Agar 2 avgustgacha qarz olish miqdorini ko‘paytirish borasida kelishuvga erishilmasa, Prezident Obamaga ko‘ra, AQSh o‘z qarzlarini to‘lay olmasligi mumkin.

Hozirda Amerika hukumati 14.3 trilliondan ortiq qarz ololmaydi, ammo kamomad 1.5 trillionga yetgan. Bu pul mayda nihoyasiga yetgan, ammo Amerika hukumati harbiylik maoshlari, mavjud qarzlar uchun foyda foizlarini to‘lashi lozim.

Moliya vaziri Timoti Geytner turli yo‘llar bilan to‘lash muddatini 2 avgustgacha uzaytirishga muvaffaq bo‘lgandi.

Respublikachilar va ayrim sharhlovchilar hukumat 2 avgustdan keyin ham bunga qodir bo‘la olishini aytishadi.

SAVOL: Obama ma‘muriyati nima uchun ko‘proq qarz ololmaydi?

JAVOB: Chunki, bunday qilish uchun ularga qudrat berilmagan. Hukumat oladigan qarzlarning barchasi Qo‘shma Shtatlar Konstitutsiyasiga ko‘ra, Kongress tarafidan ma‘qullanishi kerak.

Ilk qarz miqdori 1917 yil Kongress tarafidan belgilangandi. O‘shanda Birinchi Jahon Urushi paytidagi moliyaviy sa‘y-harakatlarni osonlashtirish ko‘zda tutilgan.

Ammo, hozirgacha qarz olish miqdori o‘nlab marotaba oshirib kelindi va bu odatda rasmiyatchilikdir.

Kongress shu bilan birga hukumatning sarf-xarajatlari va soliqlarni oshirish qudratini ham belgilab beradi. Bu Obama ma‘muriyatini imkonsiz vaziyatga qo‘yadi.

Ya‘ni, hukumat daromaddan ko‘ra, ko‘proq sarflashi talab qilinadi, o‘rtadagi kamomadni qoplash uchun esa, qo‘shimcha qarz olishga qudrati yetmaydi.

SAVOL: Hozirgi muammo nimada?

JAVOB: Moliyaviy inqiroz va Qo‘shma Shtatlarning zaif iqtisodiy vaziyati tufayli soliq daramadlari pastga qarab ketayotgan bir paytda hukumat sarf-xarajatlarini ortib ketishga olib keldi.

Buning ortidan esa, hukumat kamomadlari, qarz olish darajasi ortdi.

Vakillar palatasini nazorat qiluvchi respublikachilar esa, defitsitlarini qayta jilovlashni istashlarini aytishadi va bir kelishuvga erishilmagunga qadar qarz olish miqdorini oshirmaslik bilan tahdid qilishadi.

SAVOL: Ikki tomonning ayni masaladagi qarashlari naqadar farq qiladi?

JAVOB: Har ikki taraf ham defitsitlarni qisqartirish o‘ta muhim degan qarashdalar.

Demokratlar muammoni kelasi 10 yil ichida sarf-xarajatlar miqdorini 3 trillionga qisqartirish va soliqlarni 1 trillionga oshirish evaziga yechishni istaydi.

Respublikachilar esa, soliqlarni oshirishga qarshi va byudjet xarajatlarini kattaroq miqdorda qisqartirish tarafdori.

Respublikachilar harbiy sarf-xarajatlarga mone‘lik ko‘rsatishmaydi va soliq daromadlarini oshirishni istashmaydi.