Norvegiya kontrrazvedkasi: Breyvik yakka o‘zi harakat qilgan

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Anders Bering Breyvik hujumida o‘nlab insonlar halok bo‘ldi

Norvegiya politsiya xavfsizlik xizmatining boshlig‘i Yanne Kristiansen BBC bilan suhbatda hozirga qadar Anders Bering Breyvikning Britaniyadagi o‘ta o‘ng qanot ekstremistlar bilan bo‘lgan aloqalariga oid hech qanday isbot-dalil topilmaganini aytdi.

Norvegiya xavfsizlik xizmati boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, Anders Bering Breyvik yakka o‘zi harakat qilgan.

O‘tgan juma kuni Osloda hukumat binosini portlatgani va Utoyya orolida ommaviy qotillik sodir etganini tan olgan janob Breyvik dushanba kuni bo‘lib o‘tgan mahkamada u ikki guruh bilan hamkorlik qilganini aytgan.

Ommaviy axborot vositalarida Breyvikning Britaniyadagi ba‘zi o‘ta o‘ng qanot tashkilotlar vakillari bilan tanish bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Breyvik yozgan jami 1500 sahifadan iborat manifestlar asoslari Londonda tuzilgani xabar qilinadi.

O‘tgan juma kuni Norvegiyada sodir etilgan hujumda kamida 76 odam halok bo‘lgandi. Seshanba kuni Norvegiya politsiyasi halok bo‘lgan yana to‘rt inson nomini e‘lon qildi; qolgan qurbonlar nomlari chorshanba va kelgusi kunlarda e‘lon qilinadi.

Xayoliy hamkorlar

Muhojirlikni cheklash shiori bilan ko‘plab Ovro‘po mamlakatlarida obro‘ orttirgan o‘ng qanot partiyalar bir necha yil muqaddam Norvegiyada ayni qarashlardagi partiyaga a‘zo bo‘lgan Breyvikka o‘zlarining umuman aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.

"Hozir bizda uning kattaroq harakatning bir qismi bo‘lgani yoki boshqa xufiya tashkilotlar bilan aloqasi bo‘lgani borasida yoda umuman bunday tashkilotlarning borligiga oid isbot-dalillar yo‘qligini ayta olaman", - deb aytdi Kristiansen xonim.

Uning aytishicha, ona ne schitayet, chto Breyvik nevmenyayem, kak utverjdayet yego advokat.

Norvegiya xavfsizlik xizmati boshlig‘i fikriga ko‘ra, Breyvik mashhur bo‘lishga intilmoqda.

Breyvik hujumlar u tomonidan sodir etilganini tan olgan esada, o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan ayblarga iqror bo‘lish niyatida emas.

"U urushda bunday narsalarni qilish mumkinligiga ishonadi", - dedi ayblanuvchi advokati Geyr Lippestad.