Сўнгги янгиланиш 19 август 2011 - 13:58 GMT

Shveytsariya rasmiylari Lenindan ham ko‘ra Dadaistlardan ko‘proq cho‘chishgan

Rossiya bolsheviklari rahbari Vladimir Lenin jahon inqilobini boshlash uchun Shveytsariya eng qulay mamlakat deb bilgan ekan.

Siyosiy muhojirlikni boshidan o‘tkazgan Vladimir Lenin keyinchalik bu g‘oyadan voz kechadi.

Uning nazarida, Shveytsariya xalqi o‘ta burjualashgan va odamlarini o‘z o‘rnidan turg‘azish qiyin bo‘ladi.

Biroq 1916 yilda Tsyurix shahrida yashagan paytida, Lenin Rossiyaga ketishidan oldin boshqa bir radikal kuch bilan ro‘para bo‘ladi.

O‘zlarini Dadaistlar deb atagan radikal san‘atning yosh namoyandalari Lenin va uning jahon inqilobi nazariyasiga qattiq qiziqib qoladilar.

Ba‘zi manbalarga ko‘ra, Lenin va Dadaistlar qisqa muddat hatto bir-birlariga o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishga ham muvafaq bo‘ladilar.

Dilorom Ibrohim bu boradagi farazlarni tekshirishga uringan.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.