Сўнгги янгиланиш 24 август 2011 - 11:33 GMT

Xorijiy jurnalistlar Tripolidagi Riksos mehmonxonasida ishg‘ol ostida qolmoqdalar

Tripolining Riksos mehmonxonasida 35 xorijiy fuqarolar ishg‘ol ichida qolishmoqda. Mehmonxona isyonchilarga qarshi kurashayotgan Muammar Qaddofiyga sodiq qo‘shinlar nazorati ostida.

Xorijiy fuqarolarning aksari jurnalistlardir. Ular orasida BBC muxbiri Matyu Prays ham bor.

U chorshanba tongida mavjud bo‘lgan vaziyatni quyidagicha tasvirladi:

"Bu Riksos mehmonxonasi ishg‘olining beshinchi kuni. Bu 35 xorijlik fuqaro uchun o‘ta mavhum bir vaziyat. Oramizda britanlar, amerikaliklar, bir amerikalik kongressmen, hindistonlik parlament a‘zosi ham bor. Tun osha vaziyat juda keskin yomonlashdi, chunki biz endi o‘z istagimiz bilan mehmonxonadan chiqa olmasligimizni anglab yetdik.

Dahlizlarda qurolli kishilar yurishibdi, ularning ba‘zilari tayyorgarlikdan o‘tgan professional Qaddofiy qo‘shinlari, ba‘zilari snayperlar - tomga o‘tirib olishgan. Biz hali ham tomda snayperlar bor deb o‘ylaymiz, shuning uchun harakatimiz cheklangan.

ITN kanalining operatorining ko‘kragiga Kalashnikov avtomatini o‘qtashdi - qo‘riqchi kelib, unga avtomatni o‘qtalib, itarib yubordi. Hozir ahvoli joyida.

Lekin, shunga qaramay, bu mehmonxonada qolib ketayotgan jurnalistlar orasida juda katta xavotir va shubhalar mavjud. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketishimizni bilmayman."

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.