Forbes jurnali Angela Merkelni dunyoning eng obro‘li ayoli deb topdi

Image caption 57-yoshli Angela Merkel beshinchi bor dunyoning eng obro‘li ayoli deb topilmoqda

Forbs jurnali tuzgan ro‘yxatga ko‘ra, Olmoniya kantsleri Angela Merkel dunyoning eng qudratli 100 ayoli orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Ro‘yxatga Merkel ortidan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton kiritilgan. Uchini o‘rinni esa – 2011 yil 1 yanvarida Braziliya tarixida birinchi prezident-ayolga aylangan Dilma Russeff egallagan.

Forbs ro‘yxatida sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridan birorta ham vakila yo‘q.

Bu yilgi eng obro‘li ayollar ro‘yxatiga eng ko‘p amerikalik ayollar kiritilgan - 100 tadan 65 nafar.

Ro‘yxatda Avstraliya, Xitoy, Hindiston va Britaniya uchtadan vakilaga ega.

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II eng qudratli ayollar ro‘yxatiga kiritilganlarning eng yoshlisidir. U ro‘yxatda 49 o‘ringa qo‘yilgan. Obro‘li ayollarning eng yoshi – 25-yoshli amerikalik pop-yulduz Ledi Gagadir. U ro‘yxatning 11 pag‘onasidadir.

Ovro‘po Ittifoqining "chin" rahbari 2005 yil noyabrida Olmoniya kantsleri etib saylangan 57-yoshli Angela Merkel dunyoning eng obro‘li ayollari ro‘yxatiga beshinchi bor yetakchilik qilmoqda.

O‘tgan yilgi eng obro‘li ayollar ro‘yxatida beshinchi o‘rinda bo‘lgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton bu yil ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

U 2006 yildan 2009 yilgacha ro‘yxatning boshidan o‘rin olgandi.

Forbs jurnali Merkel xonimni Ovro‘po Ittifoqining "chin" va "global iqtisodda haqiqiy kuchga ega" yagona Ovro‘po mamlakatining rahbari deb atagan.

"Uning rahbarligi ostida Olmoniya iqtisodiyoti gullab-yashnamoqda, ishsizlik kamaymoqda, aynan Olmoniya Ovro‘po Ittifoqining nisbatan kuchsiz a‘zolariga yordam bermoqda", - jurnal o‘z qarorini aynan ana shunday so‘zlar bilan izohlangan.