Eron prezidenti: Isroil uchun Yaqin Sharqda o‘rin bo‘lmaydi

Image caption Eron prezidenti Isroil davlatiga qarshi keskin fikrlari bilan tanilgan

Eron Prezidenti Mahmud Ahmadinejodning bayon qilishicha, Falastin davlati barpo etilgach, Isroil uchun Yaqin Sharqda o‘rin bo‘lmaydi.

Tehronda Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida namoyishga yig‘ilgan o‘n minglab insonlar o‘ngida chiqish qilgan Prezident Ahmadinejod Falastin davlatining barpo etilishi barcha falastin tuproqlarini ozod etish yo‘lidagii ilk qadam bo‘lishini aytgan.

O‘n minglab insonlar"Isroilga o‘lim!" va "Amerikaga o‘lim!" degan shiorlarni aytib hayqirganlar.

har yili Falastin xalqiga birdamlik izhor etish uchun Eron poytaxti bo‘ylab yurish qilishadi.

Eron hukumati tashabbusi bilan o‘tkaziladigan ushbu marsh "Quds kuni" nomini olgan.

Falastin rahbari shu yil sentyabrida Falastin muxtoriyati mustaqilligini tan olishni so‘rab, BMTga ariza topshirishi kutilmoqda.

"Mustaqil Falastin hukumatini e‘tirof etish nihoiy maqsad emas... (balki) Falastin zaminini to‘liq ozod etish yo‘lidagi bir qadamdir," dedi Eron prezidenti Tehron Universitetida o‘tkazilgan juma namoziga to‘planganlarga.

"Sionist rejimi viruslar va saraton hujayralari uyaasidir. Agar Falastin tuprog‘ining ozginasi qolsa, ular yana harakat qilishadi... va barchaga ziyon yetkazadi" , dedi Eron prezidenti televideniye orqali namoyish etilgan yig‘inda gapirar ekan.

Janob Ahmadinejod shuningdek Isroilni ogohlantirib, unga Yaqin Sharqda "o‘rin yo‘q"ligini aytdi.

"Zamoningiz o‘tdi. O‘z uylaringizga qaytish sizlarning manfaatingizdadir... Sizga bizning mintaqamiz va mintaqamiz xalqlari orasida o‘rin yo‘q," dedi Mahmud Ahmadinejod.

Eron prezidenti o‘zining aksil-Isroil chiqishlari bilan tanilgan.

Bir necha yil muqaddam Mahmud Ahmadinejod "isroil yer xaritasida bo‘lmasligi kerak," degani uchun g‘arb davlatlarining keskin tanqidlariga uchragandi.