Afg‘on mahalliy politsiyasi va qurolli guruhlari "inson huquqlarini toptashmoqda"

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption 102 sahifalik hujjatda inson huquqlarini toptash hollari Qunduz, Bag‘lon, Hirot va Uruzgon kabi viloyatlarda kuzatilgani aytiladi

Human Rights Watch tashkilot chiqargan yangi hisobotda Afg‘onistondagi hukumat dastagiga ega qurolli guruhlar yoki "arbaki kuchlar" hamda yangi mahalliy politsiya xizmati ayrim bo‘limlari inson haqlari toptash bilan bog‘liq jiddiy jinoyatlarga qo‘l urayotganlari aytiladi.

Hisobotga ko‘ra, qotillik, jinsiy zo‘rlash, asossiz qamash, odam o‘g‘irlash va yerlarni majburan tortib olish kabi jinoyatlar sodir etilgani xususida yetarli hujjatlar va dalillar to‘plangan.

Inson huquqlari tashkiloti hisobotida aytilishicha, Afg‘oniston hukumati va Qo‘shma Shtatlar nomaqbul qurolli guruhlar bilan aloqalarini uzishi va risoladagidek tayyorlovdan o‘tgan, hartomonlama mukammal xavfsizlik kuchlarini tashkil etish uchun zaruriy qadamlarni tashlashi kerak.

102 sahifalik hujjatda inson huquqlarini toptash hollari Qunduz, Bag‘lon, Hirot va Uruzgon kabi viloyatlarda kuzatilgani aytiladi.

Hyuman Rayts Votchning ta‘kidlashicha, Afg‘oniston hukumati ushbu qurolli guruhlarni javobgarlikka tortishni uddasidan chiqolmayotir.

Hisobotda inson huquqlariga zid amallarning davom etishi Tolibon va boshqa muxolif guruhlarga dastakning kuchayishiga yetaklashi mumkinligidan ogohlantiriladi.

NATO ayblovlarni o‘rganish uchun hukumat bilan birga ishlayotganini bildirgan.

"Afg‘on Mahalliy politsiya xizmati dasturi boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘onlar tinchligini ta‘minlash harakatlari o‘ta muhim qismidir", deb aytgan NATO voizi.

"Biz dasturni yaxshiroq yo‘lga qo‘yish va ushbu hollarni tuzatish uchun astoydil ishlashda davom etamiz", deydi u.