Muammar Qaddofiyning o‘g‘li Nigerda boshpana oldi

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC World Service
Image caption Saadi Qaddofiy avvalroq janglarga barham berish uchun muzokaralar taklif etgan,ammo hech qanday natija chiqmagan.

Liviyaning qochuvdagi rahbari Qaddofiyning o‘g‘illaridan biri qo‘shni Nigerda boshpana olgan.

Niger Adliya Vaziri Marou Amaduga ko‘ra, Saadi Qaddofiyga siyosiy boshpana insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib berilgan.

Muaamar Qaddofiyning o‘zi qayerda ekani noma‘lum.

U o‘lgunicha Liviyada qolishini aytgan.

Aksil-Qaddofiy kuchlar hozirda poytaxt Tripoli doxil, mamlakatning katta qismini nazorat qilmoqda.

Qaddofiy tarafdorlari esa Sirt va Bani Valid singari bir necha shaharlarni ushlab turibdi.

Yakshanba kuni Qaddofiyga qarshi kuchlar Tripolidan 180 chaqirim uzoqlikdagi Bani Valid shahriga hujumni davom ettirgan.

NATO ularni havodan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Liviyaning yangi rasmiylari hozirda ularning kuchlari shahar markaziga yaqinlashayotganini aytishgan.

Ular shuningdek, Qaddofiyning ona shahri bo‘lgan O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi Sirtga tomon ilgarilab borishmoqda.

Saadi Qaddofiy sobiq futbolchi va bir muddat Italiya jamoasida to‘p surgan.

U Liviya milliy jamoasi sardori va mamlakat Futbol Federatsiyasi raisi bo‘lgan.

Futboldan iste‘foga chiqishi ortidan kino sanoatiga qiziqqan va kinoga 100 million dollar sarmoya kiritgani aytiladi.

Saadi Qaddofiy avvalroq janglarga barham berish uchun muzokaralar taklif etgan,ammo hech qanday natija chiqmagan.

Qaddofiy oilasining boshqa bir qator a‘zolari Jazoyirga qochib o‘tganlar.

O‘tgan hafta Interpol Liviyaning qochuvdagi rahbariga qidiruv e‘lon qilgan.

Gagadagi Xalqaro Jinoyat Mahkamasi Qaddofiy va uning o‘g‘li Saif-al Islomni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblaydi.