Ovro‘po davlatlarida silga qarshi kurash rejasi ishlab chiqildi

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga ko‘ra, Ovro‘po davlatlarida silning dori ta‘sir qilmaydigan turining tarqashi xavotirga soluvchi omildir.

Ovro‘poning 53 mamlakatida silning dori ta‘sir qilmaydigan turiga qarshi kurash rejasi ishlab chiqildi.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti bu muammoni "xavotirga soluvchi", deya ta‘riflagan.

Sharqiy Ovro‘po davlatlarida doriga chidamli sil infektsiyasi tarqashi darjasi eng yuqori bo‘lib, G‘arbiy Ovro‘po davlatlari poytaxt shaharlari orasida London bu sohada yetakchilik qilar ekan.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, Ovro‘po davlatlarida yiliga 81 ming kishi silga yo‘liqadi.

Tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, kasallikni aniqlash va da‘volash choralarini kengaytirilish ko‘zda tutiladi.

Rossiya, Ukraina va Ozarbayjon silga yo‘liqqanlar soni jihatidan eng yuqori o‘rinda bo‘lgan mamlakatlardir.

Buyuk Britaniyada esa kasallik asosan yirik shaharlarda tarqalgan bo‘lib, Londonning o‘zida yiliga 3 yarim ming kishi silga mubtalo bo‘ladi.

2009 yili Buyuk Britaniyada silning dori ta‘sir qilmaydigan turi 58 kishida aniqlangan.

Mutaxassilarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich kichik bo‘lsa ham, kasallikning bu turiga yo‘liqayotganlar soni ortib bormoqda.