Сўнгги янгиланиш 19 сентябр 2011 - 12:55 GMT

Rossiyalik milliarderlar teleko‘rsatuvda mushtlashdilar - video

Rossiyaning NTV kanali orqali yakshanba kuni namoyish qilingan "NTVshniki" dasturida ikki nufuzli mehmon mushtlashgan.

Aleksandr Lebedev va Sergey Polonskiy moliyaviy inqiroz borasidagi ko‘rsatuvda ekspertlar sifatida ishtirok etishayotgandi.

Ikkala milliarder ham Forbes jurnalining jahondagi eng badavlat shaxslari ro‘yxatidan o‘rin olganlar.

Sobiq KGB zobiti Aleksandr Lebedev Milliy rezerv bankining rahbari, hamda mubohasali "Novaya gazeta", va Britaniyadagi Evening Standard va Independent gazetalariga to‘la yoki qisman egalik qiladi.

Uning boyligi 2,1 milliard dollarga teng ekani qayd qilingan.

Mirax Group quruvchilik shirkatiga asos solgan Sergey Polonskiyning boyligi esa 1,2 milliard deya baholangan.

NTV saytida aytilishicha, ikkovlon o‘rtasidagi mushtlashuv Polonskiyning so‘zlaridan so‘ng kutilmaganda boshlangan.

Polonskiy qo‘li bilan Lebedevga ishora qilib, "To‘g‘risini aytsam, charchadim. Kimnidir basharisiga tushirgim kelayapti," deb aytishi ortidan, Lebedev o‘rnidan turib, unga musht tushirgan.

Sergey Polonskiy larzaga kelganini aytib, mahkamaga shikoyat qilishni rejalayotganini bildirgan.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.