"NATO tikucharini nishonga olgan Tolibon qo‘mondoni o‘ldirildi"

Image caption Avgust oyida Afg‘onistonda urib tushirilgan Chinuk tikucharida 38 nafar NATO va afg‘on askari halok bo‘lgandi.

NAToning ma‘lum qilishicha, o‘tgan oy 38 nafar amerika va afg‘on askarining halokatiga olib kelgan tikuchar fojiasiga sababchi ko‘rilgan Tolibon qo‘mondoni o‘ldirilgan.

Aytilishicha, Qori Tohir ismli qo‘mondon Afg‘oniston markazidagi Vardak viloyatiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida o‘ldirildi.

NATO boshchiligidagi Afg‘onistondagi Xalqaro Kuchlar qo‘mondonligi tomonidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, Vardak viloyatidagi daryoning qurib qolgan o‘zanida Qori Tohir va u bilan birga bo‘lgan shaxsning borligi aniqlanganidan so‘ng havodan turib nishonga olingan.

"Tohir Tangi vodiysidagi Toliblarning yuqori lavozimli qo‘mondonlaridan biri edi. O‘tgan oy avgust oyidagi amaliyotda aynan Qori Tohir nishonga olinishi ko‘zda tutilgan, ammo Chinuk tikuchari va 38 nafar harbiyning halokati yuz berdi", deyiladi NATO bayonotida.

O‘tgan oy Vardak viloyatida asosan amerika maxsus kuchlari askarlari tushgan tikuchar urib tushirilgandi.

Bu hodisa 2010 yili Afg‘onistonda harbiy amaliyotlar boshlanganidan beri bir yo‘la eng ko‘p yo‘qotish yuz bergan hodisa sifatida ko‘rildi.

"Qori Tohir vodiydagi isyonchilar gurhini boshqargan va yo‘l chetiga bombalar o‘rnatish va raketa hujumlari bilan mahalliy aholini qo‘rquvda ushlagan", deya ilova qilingan NATO bayonotida.