Britaniyada ishsizlik oxirgi 17 yil mobaynida eng yuqori darajaga chiqdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty
Image caption Yangi chop etilgan raqamlarga ko‘ra, Britaniyada ishsizlik oxirgi 17 yil mobaynida eng yuqori darjaga chiqdi.

Britaniyada chop etilgan rasmiy raqamlarga ko‘ra, mamlakatda ishsizlar soni 2.57 million kishiga yetib, oxirgi 17 yil mobaynida eng yuqori darajaga chiqdi.

Milliy Statistika Boshqarmasiga ko‘ra, bu ishsizlik darajasining 8.1 foizga o‘sganligini anglatadi.

16 dan 21 yosha qadar bo‘lgan yoshlar orasidagi ishsizlik esa 21.3 foizni tashkil qilar ekan.

Yoshi 65 dan yuqori bo‘lib hanuz ishlayotganlar soni ham kamayganligi kuzatilgan.

Britaniya Mehnat vaziri Kris Greylingning aytishicha, bu holat xalqaro moliyaviy inqirozning ta‘siridir.

Unga ko‘ra, Britaniya "evro zonasiga" kirmagan bo‘lsa ham, Yunoniston kabi davlatlar yuz tutayotgan muammolardan holi emas.

Britaniya hukumatining byudjet xarajatlarni qisqartirish choralari ham ishsizlikning o‘sishiga olib kelayotgan omillradan biri sifatida ko‘rilmoqda. Iqtisodchilarga ko‘ra, bu choralar mamlakat iqtisodi o‘sishining yo‘lida to‘siq bo‘lmoqda.

Ammo mehnat vazirining aytishicha, oxirgi yil mobaynida Britaniyada davlat sektorida yo‘qotilgan ish o‘rinlariga teng ravishda shaxsiy sektorda ish o‘rinlari yaratilgan.

Ba‘zi tahlilchilarga ko‘ra, ish o‘rinlarining yo‘qotilishi asosan to‘liq ish stavkasiga ega bo‘lmaganlar hisobidan yuz bergan. To‘liq kontrakt bo‘yicha ishlayotganlar soni esa, atigi 2 mingga kamaygan.

Boshqalar esa, qanday bo‘lmasin ishsizlar soni borasidagi yangi raqamlar "dahshatli" ekanligini aytmoqdalar.