Avstraliya parlamentida ikki bilyard stoli ustidan mashmasha

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Avstraliya parlmentiga tegishli ikki bilyard stolining qanday qilib sotib yuborilganini tagiga yetolmayaptilar.

Avstraliya parlamentida sotuvga qo‘yilgan ikki bilyard stoli borasida janjal kelib chiqdi.

Parlament a‘zolari uchun tanaffuslar vaqtida o‘ynab turish uchun mo‘ljallangan ikki bilyard stoli tegishli ruxsatsiz 6 ming dollarga sotib yuborilgan ekan.

Bu ikki stol poytaxt Kanberradagi parlament binosining qahvaxonasiga qo‘yilgan edi.

O‘tgan yilning iyul oyida esa Internet orqali kim oshdi savdosida 6000 ming dollarga sotib yuborilibdi.

"Parlamentga tegishli" stollar "tegishli" ruxsatsiz sotib yuborilgani ma‘lum bo‘lganidan so‘ng buning yuzasidan tekshiruv o‘tkazishga buyruq berildi.

Dastlabki tekshiruv aniq bir xulosaga kelmaganidan so‘ng, yana bir tekshiruvga buyruq berildi, undan keyin yana boshqasiga.

Shunday qilib, ikki bilyard stolining sotilishi borasida besh nafar tekshiruvchi soliq to‘lovchilarning 102 ming dollar mablag‘i evaziga bir yildan ko‘proq "ter to‘kib ishlashibdi".

Bu tekshiruv uchun masu‘l bo‘lgan bo‘lim rasmiylari hozirda sharmanda bo‘lib, Senat tomonidan qattiq savol ostiga olinganlar.

Senat a‘zolaridan biri bu jarayonni "masharabozlik", deb atadi.

Stollarning savdoga qo‘yilishini "obdon" tekshirgan guruh a‘zolari esa stollarni qahvaxonada ushlab turish, tozalash va saqlash uchun qancha mablag‘ sarflangani haqidagi oddiy savollarga ham javob bera olishmabdi.