Britaniyadagi madrasalarda bolalarni tahqirlash holatlari mavjud

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty
Image caption Britaniyadagi madrasalarda bolalarni tahqirlash hollari aniqlangan.

BBC tomonidan o‘tkazilgan jurnalistik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Britaniyadagi madrsalarda oxirgi 3 yil mobaynida 400 ga yaqin bolani tahqirlash holati yuz berganligi ma‘lum bo‘lgan.

Britaniya bo‘ylab kuniga 250 mingga yaqin bola Quro‘ni Karimdan saboq olish uchun madrasaga qatnar ekan.

Bolalarni tahqirlash holatlari ma‘lum bo‘lganidan so‘ng Masjidlar va Imomlar Maslahat Kengashi raisi bu da‘volarni jiddiy qabul qilib, o‘rganib chiqishni va‘da berdi.

BBCning radiokanallaridan biri 200dan ortiq mahalliy ma‘muriyatdan bolalarni madrasalarda tahqirlash borasida so‘ragan vaqti 191tasidan javob kelgan.

Ular 421 marotaba bolalarni tahqirlash haqida shikoyat kelib tushganligini ma‘lum qilganlar. Lekin bu shikoyatlardan faqatgina 10 tasi mahkamaga oshirilgan va ikki atigi marotaba aybdor, deya hukm chiqarilgan.

Ulardan birida Stok on Trent shahridagi imom Muhammad Hanif Xon 12 yoshli bolani zo‘rlagani va 15 yoshli bolaga jinsiy tegajoqlik qilgani uchun shu yil mart oyida 16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Londonning Lambet mavzesidagi madrasada esa ikki xodim bolalarni qalam va telefon simi bilan jazolashgan. Dastlab bu borada shikoyat qilgan bolalar keyinchalik, ishni mahkamaga olib chiqish istaklari yo‘qligini bildirishgan.

Madrasalarda bollarning tahqilanishi haqida ma‘lumot bergan mahalliy ma‘muriyatlar bu holatlar o‘sib borayotganini ham bildirganlar.

2009 yili 89 marotaba bu haqda xabar berilgan bo‘lsa, 2019 yili ularning soni 178 ga yetgan, shu yilning to‘qqiz oyida esa allaqachon 149 holat haqida xabar berilgan.

Britaniyaning 2 yarim million musulmon aholisning yarmidan ko‘prog‘i yoshi 25 dan past bo‘lganlardir.

Bolalarga Quro‘ni Karimdan saboq beruvchi madrasalar soni ham oshib bormoqda.

Masjidlar va Imomlar Maslahat Kengashi raisi Muhammad Shohid Rizoning aytishicha, bolalarni tahqirlash keng yoyilgan, deya hisoblamaydi, ammo qanday bo‘lmasin bu kabi holatlar mavjud ekanligining o‘zi tashvishga soluvchidir.