BBC mehmoni- "Crude accountability": Davlatga tegishli zaxiralardan tushadigan mablag' butunlay halqqa tegishli bo'lishi kerak'

Image caption "Crude Accountability" ga ko‘ra, Turkmaniston gaz va neftidan tushadigan mablag‘larning 80 foizi Prezident cho‘ntagida "yo‘qolib ketmoqda".

AQSh joylashgan "Crude Accountability" nohukumat tashkiloti Turkmanistondagi hamkorlari yordamida mamlakat tabiiy zaxirlaridan tushadigan mablag‘ning qayerga kelib tushishi va sarflanishi borasida tadqiqot o‘tkazgan.

Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bevosita o‘z nazorati ostida Qazilma Yoqilg‘ilardan foydalanish va boshqarish Aggentligini tashkil etib, natijada neft va gazdan tushadigan daormadlar aksarining yagona bir shaxs, ya‘ni o‘z qo‘lida mujassamlashga muvaffaq bo‘lgan.

Bundan tashqari ushbu Agentlikka gaz va neftdan kelib tushadigan daromadlarni xohlagan vaqtda va yo‘nalishda ishlatishga izn beruvchi maxsus qonular ham ishlab chiqilgan.

"Crude Accountability" hisobotida aytilishicha, Agentlik kelib tushgan mablag‘larning atigi 20 foizini Davlat Byudjeti hisobiga o‘tkazadi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи bbc uzbek

Qolgan 80 foiz daromad Agentlikka tegishli va bu mablag‘larning taqdiri Prezident Berdimuhammedov yaratgan yashirin va qorong‘u yo‘llar bilan qayerga ketishi noma‘lum.

Bundan tashqari mamlakat qonunlariga muvofiq bu 80 foiz darmaddan soliqlar ham to‘lanmaydi.

Sobiq Prezident Niyozov darvida jamiyat va hatto Pralament gaz va neftdan tushadigan mablag‘lar qanday sarflanishi borasidagi qarorlardan uzoqlashtirilgandi, lekin bu sohada biron ishlab chiqilgan tizim yo‘q edi.

Joriy Prezident Berdimuhammedov esa, bu mablag‘larni sarflash uchun maxsus tizim va qonunlar ishlab chiqib, aslida hech qanday nazoratsiz pullarni noqonuniy o‘zlashtirish uchun o‘ziga imkon yaratib oldi.

Eng asosiysi, deyiladi hisobotda, oxirgi vaqtlarda G‘arb davlatlarining Turkmanistondagi tabiiy zaxiralarga qiziqishi ortishi natijasida kiritilayotgan xorijiy sarmoyalar mamlakat Prezidenti tomonidan yaratilgan ana shu "noqonunuiy" iqtisodning rivojlanishiga hissa qo‘shishni va har bir turkman fuqarosi uchun demokrataik jamiyatdan yanada uzoqlashishni anglatadi.

Hisobot mualliflaridan biri, "Crude Accountability" boshqaruvchi direktori Keyt Uotters savollaringizga javob berdi:

Savol: Qator muxlislarmiz ma‘lumlotlarning manbai, ya‘ni qayedan olingani va ne qadar ishonchli ekani haqida so‘raganlar?

Keyt Uotters: Bizning manbalarimiz Turkmanistonda ishlaydigan hamkorlarimizdir. Lekin tabiiyki, biz ularning ismlarini oshkor eta olmaymiz. Ammo bu hamkorlarmiz biz bilan anchadan beri ishlab kelishadi, biz ularga ishonamiz va shunng uchun manbalarimiz ishonchli, deb ayta olamiz.

Savol: Lekin ular taqdim etgan ma‘lumotlarni biron boshqa manbalardan qayta tekshirishib, tasdiqlashning imkoni bormi?

Keyt Uotters: Bizning hisobotdagi hamma ma‘lumotlarning manbalari aniq keltirilgan. Dastlab shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu hisobot mutlaqo omma e‘tiboriga ochiq ma‘lumotlarga asoslangan. Bu yerda biron yashirin yoda maxfiy manbalar qo‘llanmagan, bu ma‘lumotlarning hammasi ochiqchasiga Turkmaniston hukumati internet sahifasi, mahalliy matbuot, Xususan "Neytralniy Turkmeniston" ruznomasida chop etilgan ma‘lumotlarga asoslangandir. Bizning qilgan ishimiz bu ma‘lumotlarni jamlab, xulosa chiqarish edi xolos.

Savol: Ya‘ni siz aytmoqchisizki, Turkmaniston hukumati gaz va neftdan tushadigan daromadlarning faqatgina 20 foizi davlat byudjetiga tushishini yashirib ham o‘tirmaydi, bu ochiqchasiga tan olinadi, demoqchimisiz?

Keyt uotters: Huddi shunday, bu holat mamlakat qonunlarida qayd etilgan, ya‘ni qonunda qanday aytilgan bo‘lsa biz shundayligicha keltirdik. Shuning uchun hisobotimizda keltirilgan ma‘lumotlar borasida kimda shubha bo‘lsa Turkmaniston gidrokarbon qazilma yoqilg‘ilardan foydalanish va ishlatish borasidagi qonunni o‘zlari o‘qib, ishonch hosil qilishlari mumkin. Biz bu ma‘lumotlarni hech qayerdan to‘qib chiqarganmiz yo‘q.

Savol: O‘zini Kurdijon, deya tanishtirgan o‘quvchimiz, Arab Amiriliklaridan so‘rabdi, 80 va 20 foiz degan raqamlarni keltiribsizlar, lekin Turkmanboshi cho‘ntagiga qancha mablag‘ kelib tushishi haqida taxminiy bo‘lsa ham raqamlar bormi?

Keyt Uotters: Bu haqda ma‘lumot olish juda qiyin. Xalqaro Valyuta jamg‘armasi va turli boshqa tashkilotlar turli vaqtlarda gaz va neftdan tushadigan mablag‘lar qancha bo‘lishi mumkinligini aniqlashga harakat qilganlar. Lekin bu taxminiy raqamlarning birontasini ham biz o‘z hisobotimizda ishlata olamiz, deb o‘ylamaymiz. Chunik ularning bir-biridan farqi juda katta. Boshqa tomondan bu kabi ma‘lumotlarning aksari yashirin va maxfiy, ommaga ma‘lum emas.

Savol: Turkmanistonda juda ko‘plab yirik qurilish loyihalari amalga oshirlayotganini bilamiz, ayniqsa Ashxobod shahri qiyofasi oxirgi yillarda mutlaqo o‘zgarib ketgan. Gaz va neftdan tushayotgan foydalar ana shularga sarflanmoqda, deb taxmin qilishimiz mumkinmi?

Keyt Uotters: Ha alabatta balki mablag‘larning bir qismi o‘sha loyihalarga sarflanayotgandir. Men taxmin qilishim mumkinki, bu loyihalarga mablag‘ning bir qismi Qurilish vazirligi byudjetidan ham kelayotgan bo‘lishi mumkin. Huddi ana shu kabi ma‘lumotlarni turkman fuqarolari bilishni istaydilar. Bizning taxminlarmizga ko‘ra, qurilish loyihalariga mablag‘ davlat byudjetiga yo‘naltirilgan 20 foiz hisobidan bo‘lmoqda. Asosiy savol shuki, qolgan 80 foiz mablag‘ qayerga ketmoqda? Bu mablag‘larlar qurilish loyihalariga sarflanmoqda, deb men ishonmayman.

Savol: Siz avvalroq bu 20-80 foiz taqsimlanish mamlakat qonunida qayd etilgan, deb aytdingiz. Qonunda aynan so‘zma- so‘z nima deyiladi?

Keyt Uotters: Qonunda shunday deyilgan: "Neft va gazdan tushadigan mablag‘ning 80 foizi Agentlik hisobiga o‘tkaziladi va bu mablag‘larning qanday ishlatilishini mutlaqo Agentlik hal qiladi. Bundan tashqari Davlat byudjetiga o‘tkazilgan 20 foiz mablag‘dan qolgan mablag‘dan soliqlar to‘lanmaydi, boshqa har turli to‘lovlar uchun hisoblanmaydi va Agentlikning soliqlarga tortiluvchi mablag‘i hisobiga kiritilmaydi. Bu mablag‘ Agentlikda qolib ularning qaroriga binoan sarflanadi". Bu aynan qonundan iqtibos.

Savol: Moskvadan, o‘zini Aleks, deya tanishtirgan muxlisimiz savoli, O‘zbkiston kabi tabiiy zaxirlarga boy mamlakatda bu zaxirlardan tushadigan mablag‘lar qanday taqsimlanishi va sarflanishi haqida biron tadqiqotlar o‘tkazganmisizlar?

Keyt Uotters: Yo‘q, biz Kaspiy Dengizi havzasidagi mamlakatlar bilan ish olib boramiz. Hozirda O‘zbekistonda biron tadqiqotlar olib borish rejalarimiz ham yo‘q. Albatta O‘zbekiston tabiiy zaxirlaridan tushadigan mablag‘lar masalasi juda qiziqarli. Balki kelajakda biron tadqiqotlar o‘tkazish ehtimoli bo‘lib qolar, lekin hozirda bunday rejalarmiz yo‘q. Turkmaniston esa gaz zaxirlari bo‘yicha jahonda 4 o‘rinda va u yerga hozirda yangi loyihalar tufayli jahonning e‘tibori qaratilgan.

Savol: Samarqanddan Umid ismli muxlisimiz so‘rayapti, Turkmaniston Prezidentining o‘zi bu hisobotga biron munosabat bildirdimi va 80 foiz mablag‘ uning cho‘ntagiga tushishini tan oladi, deb o‘ylaysizmi?

Keyt Uotters: U buni qabul qilib, tan oladimi -yo‘qmi, men bilmayman. Lekin umid qilamanki, buni tan oladi. Qonun uning Prezidentlik davrida o‘zgartirilgan. Avvalgi qonunga muvofiq Davlat byudjetiga faqatgina 10 foiz mablag‘ kelib tushardi, hozirgi yangi qonunda 20 foiz, deb ko‘rsatilgan. Bu mablag‘ ko‘paytirilgandir, lekin nima uchun faqatgina 20 foiz Davlat byudjetiga tushadi, nega hammasi kelib tushmaydi. Davlatga tegishli narsadan tushadigan mablag‘ Davlat byudjetiga to‘liq borishi kerak emasmi? Xullas o‘zi qabul qilgan qonunni tan olmasdan ilojisi bo‘lmasa kerak. Lekin hozircha biron munosabat bildirilmagan. Biz hisobotimizni Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Venadagi anjumanida taqdim etdik. Turkmaniston vakili hiosbotdan juda norozi edi va u yerda keltirilgan ma‘lumotlar to‘g‘ri emasligi haqida bayonot bilan chiqdi.

Savol: Lekin siz qonunda aytilgan ma‘lumotlarni keltirdik xoldos, deyapsiz, ular baribir buni rad etishdimi?

Keyt Uotters: Ha, lekin bu bilan nima demoqchi ekanligini biz tushunmadik.

Savol: Sizning hisobotingizda hozirda Turkmaniston gaz zaxiralariga qiziqish bilan qarayotgan xorijiy shirkatlar bu sohada deyarli Turkman hukumati hamkorlariga aylanishlari mumkin, deb aytgansiz. Shunday bo‘lmasligi uchun biron tavsiyalar berilganmi?

Keyt Uotters: Turli xalqaro tashkilotlarga turli tavsiyalar bilan chiqdik. Xorijiy hukumatlarga beragan asosiy tavsiyamiz shundan iboratki, Turkmaniston hukumatini gaz va neftdan tushadigan mablag‘lar borasida ko‘proq ochiq bo‘lishga da‘vat qilsinlar. Biz ularning shuni tushunib yetishlarini xohlardikki, Davlat byudjetiga tushmay, yashirin yo‘lda sarflanadigan har qanday mablag‘ korruptsiya uchun zamin yaratadi. Xalqaro hamjamiyat korruptsiyaga qarshi xalqaro standartlarga rioya qilib, bu narsani nazarda tutishlari va o‘zlari xohlamagan tarzda Turkmanistondagi korruptsiyaning kengayishiga hissa qo‘shmasliklari lozim. Bundan tashqari mamlakatda demokratik islohotlarni tezlashtirishga ham da‘vat yangrashini xohlagan bo‘lardik, chunki mamlakatda fuqaro jamiyati bo‘lsa, korruptsiya quloch yoyishi qiyinroq bo‘ladi. Chunki omma va turli tashkilotlar rasmiylar va davlat tashkilotlarining foaliyatidan boxabar bo‘lib, nazorat qilib turish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ham Turkmanistonga qarzlar berayotgan vaqtda qo‘shimcha masu‘liyatni his qilishlari lozim, chunki ular omma mablag‘idan foydalanmoqdalar. Ular Turkmanistonga ajratilayotgan har qanday mablag‘larning qanday sarflanayotganligi borasida ko‘proq oshkoralikni talab qilishlari lozim. Turkmanistonga sarmoya yotqizuvchi shirkatlar uchun tavsiyamiz esa, ular ham Turkmaniston hukumatidan anchayin oshkor yo‘lda ish yuritishlari kerakligi, xalqaro standartlarga rioya qilinishini talab qilishlari kerak.

Savol: Ba‘zilar sizning tashkilotingiz qilayotgan ishlar ortida turgan maqsadlarni savol ostiga olishlari mumkin, masalan siz Turkmansitonda aksil-prezident hislarni yeyib, turli o‘zgarishlarga undovchi biron tashkilot nomidan ish yuritmaysizmi, degan?

Keyt Uotters: Yo‘q, biz Turkmanistonda aksil-prezident hislarni targ‘ib qilayotganmiz yo‘q. Bizning qilmoqchi bo‘lganimiz, bu xorijiy mamlakatlar qiziqishini o‘ziga tortayotgan ulkan tabiiy zaxirlarga ega bo‘lgan hukumat bu sektordan tushayotgan mablag‘larni sarflashda oshkor emasligiga e‘tiborni qaratishdir. Turkman rasmiylari o‘zlari aytmoqchi va qonunda qayd etilganidek gaz va neft Turkmanistonga tegishli bo‘lsa, amalda ham tabiiy zaxirlar xalqqa tegishli ekanligini anglatmog‘i lozim. Bu tabiiy zaxirlarni Turkmanistondan olib chiqmoqchi blgan xalqaro shirkat va hukumatlar esa shundan ogoh bo‘lishlari kerakkki, hozirgi sharoitda hukumatni qo‘llab- quvvatlab bu zaxirlardan tshadigan mablag‘larning yashirinchi yo‘lda sarflanishini ham qo‘llamoqdalar. Ana shu holatni yoritmoqchimiz. Turkmaniston tabiiy zaxirlardan tushadigan mablag‘larni sarflashda oshkora yo‘l tutmayotgan yagona davlat emas, bu kabi davlatlar talaygina. Ularning hammasi xalqaro sahnada ishtirok etmoqchi bo‘lsalar oshkoralik, xalqqa hisobot berish, demokratiya va inson huquqlari sohasida jahonning boshqa nuqtalarida mavjud bo‘lgan standartlarga rioya qilishlari kerakdir.

Savol: Jahonning boshqa nuqtalarida mavjud namunlar haqida gapirar ekansiz, bu sohada Turkmansiton o‘rnak olishi mumkin bo‘lgan biron misolni keltira olasizmi?

Keyt Uottres: Albatta o‘rgansa bo‘ladigan tajriba mavjud. Tabiiy zaxirlarni qazib chiqarish sanoati oshkoraligi nomi ostida ilgari surilgan tashabbus yaxshi tashabbus va jahon bo‘ylab turli davlatlarda allaqachon qo‘llanmoqda. Bundan tashqari Norvegiyada oshkor neft jamg‘armasi bor. Yoki AQshning Alaska mintaqasida neftdan tushadigan mablag‘larni qanday sarflash borasida qabul qilinadigan qarorlarda ishtirok etuvchi Xalq kengshashi bor, u yerda har bir fuqaro bu mablag‘lardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulush oladi. Lekin bularning hammasiga ushbu sohada yuz tutilgan yirik fojealardan so‘ng erishildi, afsuski saboqlar mushkul yo‘lda olinmoqda. Eng asosiysi tabiiy zaxirlardan tushadigan mablag‘lar oshkor bo‘lishi va to‘liqligigacha mamlakat byudjetiga kelib tushishi, xalq uchun ishlatilishi kerak, bir guruh shaxslarning manfaatlari yo‘lida emas.