"Xitoy va Rossiya shirkatlari xorijda eng ko‘p pora beradilar"

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption "Transparency International"ga ko‘ra, Xitoy va Rossiya shirkatlari xorijda ish yuritish mobaynida eng ko‘p pora berar ekanlar.

Korruptsiyaga qarshi kurashuvchi xalqaro "Transparency International" tashkiloti chiqargan yangi hisobotga ko‘ra, Xitoy va Rossiya shirkatlari xorijda ish yuritish mobaynida eng ko‘p pora berar ekanlar.

"Transparency International" 3 mingga yaqin biznes sohasi vakillarini savolga tutib, 28 mamlakat haqida ma‘lumot yiqqan.

Ma‘lum bo‘lishicha, qurilish va davlat sektori loyihalarini qo‘lga kiritish uchun pora berish eng ko‘p tarqalgan hol ekan.

"Transparency International"ga ko‘ra, Xitoy va Rossiyaning ro‘yxatning eng patsidan joy olganlari xavotirli holatdir.

"Turli mamlakatlar shirkatlarining jahonning turli nuqtalarida faoliyatlari oshib borayotganligi nazarda tutilsa, poraxo‘rlik va korruptsiya bu shirkatlar ish olib borayotgna jamityalraga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatishlari xavfi bordir. Bundan tashqari shirkatlar uchun bozorlarda adolatli ish yuritish imkonini yo‘qqa chiqaradi.", deyiladi hisobotda.

Tashkilot shirkatlarning xorijda pora berishlarini to‘xtatish yo‘lida ko‘proq qonunlar ishlab chiqilishiga da‘vat qilgan.

"Soliq to‘lovchi aholini aldash"

Tadqiqot mobaynida savolga tutilganlardan qaysi mamlakat shirkatlari ko‘proq pora taklif qilishlari so‘ralgan.

Eng ko‘p pora taklif qilinadigan soha davlat sektoriga tegishli loyihalar bo‘lib chiqqan.

Bu sohada shirkatlar yo‘l qurilish loyihalaridan tortib, maishiy chiqindilarni yig‘ish kabi loyihalarni qo‘lga kiritish uchun kurashar ekanlar.

"Transparency International"ga ko‘ra, davlat sektori loyihalari o‘ta yirik, murakkab va ko‘plab pudratchilarga ega ekanligi sababli mablag‘alarni oshirib ko‘rsatish va noqonunuiy to‘lovlarni yashirish osonroq kechar ekan.

Lekin deydi tashkilot, yirik infrastruktura va uy-joy qurish sohasidagi kontraktlarni yutib olish uchun pora berish "amalda soliq to‘lovchi aholini aldash" va ko‘pda xavfsizlik standartlarini savol ostiga qo‘yish bilan barobardir.

Eng ko‘p pora ishlatiladigan soha gaz va neft ishlab chiqarish sohasi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi eng kam pora ishlatiladigan soha ekan.

"Eng ko‘p pora beruvchilar ro‘yxati"dan ilova: (eng ko‘p pora beruvchilar ro‘yxatning eng pastida)

1. Gollandiya, Shvetsariya

3. Belgiya

4. Olmoniya, Yaponiya

6. Avstraliya, Kanada

8. Singapur, Buyuk Britaniya

10. AQSh

11. Fransa, Ispaniya

13. Janubiy Koreya

14. Braziliya

15. Xong Kong, Italiya, Malayziya, Janubiy Afrika

19. Hindiston, Turkiya

21. Saudiya Arabistoni

22. Argentina, Birlashgan Arab Amirliklari

24. Indoneziya

25. Meksika

26. Xitoy

27. Rossiya