Italiyaning yangi Bosh vaziri shaxsiyatiga bir nazar

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC World Service
Image caption Italiya yangi Bosh vaziri texnokrat va o‘ta tajribali iqtisodchidir.

Mario Montini endigina vazifasidan ketgan sobiq bosh vazir Silvio Berluskonining naq aksi deyishadi.

Berluskoni qarma-qarshiliklarga to‘la va bozor iqtisodi bilan uncha ishi yo‘q siyosatchi bo‘lgan bo‘lsa, janob Monti anchayin hurmatga sazovor iqtisodchi va Ovro‘po Ittifoqi yuqori doiralari bilan yaxshi aloqada bo‘lgan shaxs.

O‘ta ustamon muzokarachi sifatida tanilgan Monti Italiyaning eng taniqli ziyolilarini yetishtiruvchi Universitet rektori hamdir.

1943 yilda tug‘ilgan Mario Monti Milan va AQShdagi Yyel unversitetlarini tugatgan.

U ikki marotaba Ovro‘po Ittifoqi komissari sifatida tayinlangan. Ikkinchi muddat komissarligi davrida o‘z manfaatlarini ko‘zlab shafqatsiz yo‘lda ish olib boruvchi shirkatlarga qarshi kurashi bilan "Super Mario" degan nom taratdi.

Uning tashabbusi ostida audio va video kompyuter dsturlari bozorida monopoliyaga erishmoqchi bo‘lgan Mikrosoft shirkati deyarli 500 million dollarlik jarimaga tortilgandi.

Janob Montiga yaqinda Ovro‘po Ittifoqi yagona bozorining kelajagi haqida tahliliy hisobot tayyorlash vazifasi yuklatilgandi.

2010 yilda Ovro‘po Ittifoqi ichra kengroq integratsiyani tashviq qilish tashabbus guruhiga asos solgan.

Janob Montining Bosh vazir etib tayinlanishi haqida aytilishi bilan Italiya hukumatining zayomlari narxi osha boshladi, bu hukumatning o‘z qarzlarini to‘lay olishiga ishonchning paydo bo‘lganligini angalatadi.

Lekin mohir iqtisodchi ekanligi aytilgan janob Monti uchun Italiyani kasod yoqasidan qutqarib qolish uchun siyosiy uquv ham kerakligi aytilmoqda.

Yangi bosh vazir o‘ngida turgan vazifalar

Huddi Yunonistonda bo‘lganidek, Italiyada ham moliyaviy muammolardan aziyat chekayotganlarning aksari oddiy aholi vakillaridir.

Mamlakatda qashshoqlar soni tobora o‘sib borayotgani aytiladi, bepul yemak va oziq ovqat tarqatuvchi xayriya markazlari soni ham o‘sgan.

Boshqa Ovro‘po davlatlaridan farqli o‘laroq Italiyaning ijtimoiy himoya tizimi anchayin muammoli.

Mamlakatda oilaviy aloqalar kuchli bo‘lgani tufayli hozirgi inqroziy sharoitda ko‘plar davlatga emas o‘z oilalariga orqa qiladilar.

Yoshlar o‘rtaisda ishsizlik darajasi 30 foizga yetib qoldi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, voyaga yetgan uch farzandi bo‘lgan ba‘zi oilalar yagona otaning nafaqasiga kun ko‘rishlari holatlari qayd etilmoqda.

O‘rta tabaqa oilalar ham ancha tejamli bo‘lishga majbur bo‘lmoqdalar, avvallari kunda restoranlarda ziyofatlarga o‘rgangan oilalar endilikda pul tejash maqsadida navbatma-navbat uylarida ziyofatlarga mezbonlik qilmoqdalar. Dam olishlarga ham borish kamayib ketgan.

Iqtisodiy muammollarni hal qilish bilan birga esa, janob Monti Silvio Berlduskonidan meros qolgan siyosiy rahbarlarga ishonchni tiklash muammosini ham hal qilishi kerakdir.