BBCUZBEK.COMning ichki va tashqi qiyofasi o‘zgarmoqda

Image caption Tez kunlarda BBCUZBEK.COM ko‘rinishi boshqa bo‘ladi

BBC O‘zbek xizmati web-sahifasining ichki va tashqi ko‘rinishi tubdan o‘zgarmoqda.

Natijada biz Internet saytimiz o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan mavzularni tezda topa olishlari va undagi mazmunlar bilan tanishishlari uchun qulaylik yaratishni maqsad qildik.

Siz allaqachon maqolalar ichki ko‘rinishi o‘zgarganini payqagandirsiz.

O‘zgarish jarayoni yakunida ayrim nomuvofiqliklar bartaraf etiladi va o‘quvchi yanada kengroq makonda materiallar bilan tanisha oladi.

BBCUZBEK.COMdagi maqolalar, lavhalar, video va audio materiallarning rang-barangligi hozirgidek saqlanib qoladi.

Yangi dizaynning afzalligi nimada?

Yangi ko‘rinish: Kundalik yangiliklar, videolavhalar va suratlar ko‘proq joyga ega bo‘ladi. Biz har bir maqolaning chetida kunning asosiy yangiliklarini hamda ushbu mavzuga aloqador materiallarni namoyish etish qobiliyatiga ega bo‘lamiz.

Aniq belgi: Turli-tuman mazmunlarni tasniflash hamda ularni urg‘ulashga yanada ko‘p e‘tibor qaratiladi, bu esa sahifadagi har xil materiallarni o‘zaro ajratib olishni osonlashtirish maqsadini ko‘zlagan.

Maqola sahifasi: Yangilik va xabar sahifasi o‘zgaradi, saytdan material ichiga kirgan mushtariyga butun web-saytdagi eng asosiy mazmunlarni tanlash imkoniyati beriladi. Ushbu mavzuga aloqador linklar va boshqa shakldagi mazmunga ulanishlar sahifaning ichkarisida yoki quyi qismidan o‘rin oladi.

Video: Bundan keyin web-sahifamizdagi video hozirgiga nisbatan keng ekranda va yaxshiroq sifatda namoyish bo‘ladi. Audio va videolavhaning sahifasida yanada ko‘proq audio va video materiallar joylashtiriladi. Bunday sharoitda ko‘proq multimedia mazmun bilan tanishish istagidagi tomoshabinning saytning boshqa bo‘limlarini qidirishiga hojat qolmaydi.

Vaqt ko‘rsatkichi: Har sahifa boshida uning mazmuni e‘lon qilingan vaqt aniqroq namoyish etiladi, bundan foydalanuvchi ushbu material yangi yoki so‘nggi bor qachon yangilaninini bilib oladi.

Bo‘lashish: O‘rnatilgan linklar orqali foydalanuvchilar ushbu yangilik yoki axborotni Facebook, Twitter hamda Moy Mir singari Internet ijtimoiy tarmoqlarida do‘stlari bilan qisqa fursatda va osonlik bilan bo‘lashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Web-saytimizning dizayni o‘zgarishi jarayonida biror muammoga duch kelsangiz, "Biz bilan bog‘laning" bo‘limi orqali bizni xabardor qiling.