BBC navigation

Interpol: Dunyo bo‘ylab tarqaladigan dorilarning 10 foizi soxta

Сўнгги янгиланиш 12 март 2013 - 11:08 GMT

Xalqaro politsiya agentligi - Interpol va dunyodagi eng yirik 29ta farmatsevtika shirkatlari millionlab insonlarning salomatliklariga tahdid solayotgan soxta dorilarga qarshi kurashishga oid muhim kelishuvga erishganlar.

Kelishuvga binoan dori ishlab chiqaruvchi shirkatlari "Interpol"ni uch yildan ko‘proq vaqt davomida 6 million dollardan ortiq mablag‘ bilan ta‘minlashlari kerak.

Mazkur pul esa, soxta tamg‘a yopishtirilgan xos va keng iste‘moldagi dorilar savdosiga qarshi kurashni kuchaytirishga sarflanishi ko‘zda tutiladi.

Interpolga ko‘ra, global miqyosda aylanadigan dori-darmonlarning 10 foizga yaqini qalbakidir.

Agentlikning aytishicha, qashshoqroq mamlakatlarda esa, bu raqam 50 foizgacha ko‘tarilishi mumkin.

Ba‘zi hollarda soxta dorilar halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi. O‘tgan yil Pokistonda 100 ortiq yurak xastaligidan aziyat chekkan bemorlar qalbaki dorilarni iste‘mol qilishi natijasida olamdan o‘tgan.

Ko‘pda bozorga bu kabi dori-darmonlarni yetkazishda uyushgan jinoiy guruhlar ayblanadi.

Interpol past sifatli dorilar tarqalishini oldini olish yo‘lida allaqachon muayyan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilganini aytadi.

Biroq, agentlik dori ishlab chiqaruvchi shirkatlar ham muammoga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytrishlari lozimligini qo‘shimcha qiladi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

Алоқадор мавзулар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.