BBC navigation

Rim: kardinallar yangi papani saylash uchun to‘planishdi

Сўнгги янгиланиш 12 март 2013 - 10:20 GMT

Vatikanda butun dunyodan kardinallar yangi papani saylash uchun to‘planishgan.

Rim katoliklari cherkovi rahbarligi uchun saylov bugun kechroq bo‘lib o‘tadi.

Hozirgacha kimning eng ko‘p ovoz olishi mumkinligi aniq emas.

Avliyo Pyotr ibodatxonasidagi maxsus marosimda 115 nafar kardinal-saylovchi ishtirok etishmoqda.

Ular tushdan so‘ng "Sistin Chapel"da maxfiy muhokamalar uchun o‘tadilar.

Kardinallarning uchdan ikki qismi bir nomzod borasida kelishmagunlariga qadar bir kunda to‘rt martagacha ovoz beradilar.

Saylov 85 yoshli Benedikt XVI o‘tgan oy kutilmaganda iste‘foga chiqishi ortidan o‘tkazilmoqda.

Benedikt XVI cherkovni boshqarish uchun salomatligi yetarli darajada yaxshi emasligini aytgandi.

Rim katoliklari cherkovi jinsiy tahqirlashga oid mojarolar va Vatikan bankidagi korruptsiyaga oid ayblovlar va boshqa qator muammolar iskanjasida qolib kelayotgandi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

Алоқадор мавзулар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.