Islomiy davlat ijtimoiy tarmoqlarga uya qurdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Mariush Zuravik Polshada dam olish kunlari ichida veb sayt ochishga ulgurdi. U foto va videolarni juda oson joylashtirishni xohlardi. Shunday ekan, justpasteit.com sayti hech qanday ro'yxatdan o'tish va akkaunt ochishni talab qilmaydi. Bu tungi omad edi va Zuravik tezda katta auditoriyaga ega bo'lib borayotganini angladi.

60 foiz foydalanuvchilar Arab zabonli mamlakatlardan bo'lib, bu Ovro'podagi veb saytlar uchun juda kutilmagan edi,- deydi u Bi-bi-siga.

Biroq 2014 yil boshida, ba'zi foydalanuvchilar muammolar tug'dira boshlaydilar. Saytda Suriyadan qo'yilgan ba'zi video va suratlar o'ta grafik mazmunda bo'lib, juda ochiq, yaqqol tasvirlangan edi. Nihoyat ma'lum bo'lishicha, sayt hozirgi paytda "Islomiy davlat" jangarilari tomonidan foydalanib kelinar ekan.

"Islomiy davlat" va uning tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlardan targ'ibotlarini olib borishda foydalanishlari ularga qarshi kurashayotgan xalqaro guruhlarni xavotirga soldi. ID faoliyati hukumatlar va faol xakerlar tomonidan kuzatila boshlandi. Britaniya hukumatiga ko'ra, ular asosiy saytlarga e'tibor qaratgan bir paytda islomiy jangarilar kichik va kam tanilgan saytlarga ko'proq murojaat qila boshlaganlar.

"Biz har safar yangi kontaktlar chiqib kelayotganiga guvoh bo'ldik", deydi Metropolitan politsiyasining terrorizmga qarshi kurash bo'limi rahbari Bi-bi-siga. "Ular bir joydan boshqa joyga ko'chayotganlarida qoldirayotgan xabarlari bois biz ularni topishda bir qancha aniq natijalarga erishdik".

"Biz ularni ushlash uchun asosiy yunalishga chiqamiz, ular burchakka qochadilar", deydi izquvar.

"Burchakka qochish" deganda, justpasteit.com kabi saytlariga kirib olish tushuniladi.

Zuravik so'zlashicha, u dastlab suriyalik foydalanuvchilar o'zining saytiga suratlar qo'ya boshlaganlarida faxrlanib ketgan. Biroq suratlar va videolarda dahshatli lavhalar, boshini tanadan judo qilishlar aks eta boshlaganidan keyin sergaklanib qolgan.

"Men bu tasvirlarni ko'rganimda juda kayfiyatim tushib ketdi. Ularning ba'zilari haqiqatdan dahshatli edi. Men nima bo'layotganini ko'rib, qo'rqib ketdim",- deydi u.

"Men bularni olib tashlashni o'yladim, ertasi kuni menga London politsiyasidan qo'ng'iroq qilib, ularni "Islomiy davlat"ga aloqadorligini aytishdi va olib tashlashni so'rashdi".

Britaniya politsiyasining Polshada hech qanday huquqiy vazifalari bo'lmasada, ularning topshiriqlarini bajardim, deydi Zuravik.

"Biz doimiy aloqada edik va ular saytdan o'chirib tashlash uchun so'rovlar yuborishar edi". Uning hisobicha, terrorizmga bog'liq qariyb 2000 xabar va lavhalarni o'z saytidan olib tashlagan.

Boshqarib bo'lmaydigan kenglik

"Ijtimoiy tarmoqlar ID va "Al- Qoida" uchun nazorat qilib bo'lmaydigan kenglik sanaladi. Bu ularga xuddi Suriya, Somali va Yamanning bir qismi singari muhim, kerakdir", deydi AQSh departamentining aksilterror aloqalar bo'limi kuzatuvchisi Alberto Fernandes. Bu bo'limning faoliyati ijtimoiy tarmoqlardagi islomiy jangarilarga qaratilgan.

Shu hafta boshida ommaviy axborot vositalari e'tiborini Feysbukdagi 5elafabook ("khelafa-book") sahifasi tortdi. Uning ma'nosi arabchada "xalifa" yoki "xalifat" degan ma'noni bildiradi. Biroq u atigi bir kun faoliyat olib bordi va to'sib qo'yishga erishildi.

Biroq shunisi shubhaliki, sayt ID ning o'ziniki emas, deya qayd etadi Bi-bi-si monitoringdan Piter King.

justpasteit.comning asoschisi Zuravik internetda o'zi duch kelgan qiyinchilikni bartaraf etish juda mushkul ekanini aytadi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda xohlagan odam nomsiz-anonim bo'la olishi mumkin. Hatto Twitter, YouTube va Facebook kabi yirik shirkatlar ham "Islomiy davlat" bilan muammolarga ega, unga aloqador barcha ma'lumotlarga to'siq qo'yish katta muammo tug'diradi".

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02