Barak Obama: Amerika jamiyati irqchilik kasalidan qutilgani yo‘q

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP
Image caption "Amerika jamiyati irqchilik kasalidan qutilgani yo‘q"

Bu haqda Barak Obama Janubiy Karolinadagi cherkovda ro‘y bergan qotilliklardan so‘ng gapirgan.

Chorshanba kuni ro‘y bergan hujumni politsiya “nafrat asosidagi jinoyat” deb e‘tirof etgani aytilmoqda.

Ammo aksariyat amerikalik ziyolilarga ko‘ra, ayni qotillik “terrorchilik amali”dir.

21 yashar Dilan Ruf mahkamada ko‘rinish bergan.

Unga to‘qqiz kishining o‘ldirilishiga aloqador deb ko‘rilmoqda.

Mahkamada hozir bo‘lar ekan, Dilan Ruf atforida biror bir his-tuyg‘u zohir bo‘lmagan.

Qurbon bo‘lganlardan birining qizi o‘z yoshlarini bazo‘r to‘xtatar ekan, “men seni kechirdim”, deb aytgan.

San Fransiskoda so‘zlar ekan, AQSh prezidenti Obama “ayni hujumga sabab bizga irqchilik hamon jamiyatning kasalligi ekanidan saboq beradi va bunga qarshi hammamiz birga kurashmog‘imiz kerak”, deb aytgan.

"Biz bu yo‘lda katta muvaffaqiyatlarga erishdik, ammo irqchilik bosh ko‘tarmasligi uchun hushyor turishimiz kerak”.

Obama janoblari qurbonlar oilalarining kechirimli bo‘lishganini olqishgan.

Barak Obama qurollarni nazorat etishga doir yangi muhokamalarni boshlashga chaqirgan.

Kongessni esa jamoatchilik fikriga quloq tutishga da‘vat qilgan.

"Biz faqatgina hamdardlik bilan cheklanmasligimiz kerak. Biz amalda kurashmog‘imiz lozim”, deb aytgan u.

Shaxsiy qurollarni taqiqlashga doir qonun loyihasi Senat tomonidan dastaklanmagandi.

Dilan Rufning do‘stlaridan biri esa, Bi-bi-si bilan suhbatda u aslida o‘z hujumi uchun nishon qilib universitetni tanlaganini aytgan.

Dilan Rufning cherkovga hujumiga doir mahkama hujjatlari oshkor etilgan.

Chorshanba kuni u kech soat 8 da cherkovga kiradi va hujum qilishdan avval qariyb bir soat ibodatgo‘ylar bilan birga bo‘ladi.

Barcha qurbonlar bir necha bor otilgani ham mahkama hujjatlarida qayd etilgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio