Yunoniston banklari bir hafta ishlamaydi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Yunoniston hukumati mamlakatdagi banklar butun hafta yopiq qolayotganini tasdiqlagan.

Mazkur qaror Ovro‘po Markaziy Banki kecha Yunoniston banklariga favqulodda moliviy yordam muddatini uzaytirmasligi haqida aytganidan so‘ng olingan.

Kun yarmigacha bankomatlar ham yopiq bo‘lgan. Ochilgan paytda ham bir kunda bor-yo‘g‘i 60 yevro pul sug‘irish mumkinligi aytilgan. Mazkur cheklovlar xorijiy bank kartochkalari egalariga taalluqli emas.

Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Tsipras aholini tinchlanishga chaqirgan.

Bi-bi-si muxbiriga ko‘ra, Afinada sarosima kuzatilmaydi, odamlar har doimgidek o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda.

Ammo, Yunonistondagi moliyaviy inqiroz Ovro‘po va Osiyo hissa bozorlariga salbiy ta‘sir ko‘rsatgan. Hissalar narxi keskin tushib ketgan.

Ovro‘po Markaziy Bankining Yunonistonga moliyaviy yordamlari muddati seshanba kuni nihoyasiga yetadi.

Ayni shu kun Yunoniston Xalqaro Valyuta Jamg‘armasiga 1.6 milliard yevro qarzini qaytarishi lozim.

O‘tgan hafta yunonlar va ovrohudud mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy inqirozdan chiqish bo‘yicha yordamga oid muzokaralar natijasiz yakun topgandi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio