Borat Suriya uchun 1 million xayriya qildi

Фото муаллифлик ҳуқуқи twitter

Britaniyalik mashhur hajvchi Sasha Baron Koen va rafiqasi suriyalik qochqinlarga yordam tariqasida ikki xayriya tashkilotiga jami 1 million AQSh dollariga teng mablag'ni hadya qilgan.

Sasha Baron Koen va asli Avstraliyada tug'ilgan hamda bugungi kunda Hollivud aktrisasi bo'lgan rafiqasi Isla Fisher xayriya qilgan tashkilotlardan biri "Bolalarni asrang"(Save The Children) va Xalqaro Qutqaruv qo'mitasidir( International Rescue Committee).

Britaniya funt sterlingida 670 000, AQSh dollarida esa 1 millionni tashkil etgan xayriya puli ikki tashkilotga teng taqsimlab berilgan.

"Bolalarni asrang" tashkiloti Sasha Baron Koen va rafiqasi pullarini Suriya shimolida bolalarni qizamiq xastaligiga qarshi emlashda foydalanilishini ma'lum qilgan.

Save the Children ning ijrochi direktori Jastin Forsit aytishicha, qariyb besh yildan buyon kechayotgan zo'ravonliklar Suriyaga avval yo'q qilishga muvaffaq bo'lingan xastaliklarning yana ortga qaytishiga sabab bo'lgan.

Izdan chiqqan tibbiyot tizimi ko'plab go'daklarning hayotiga tahdid solmoqda.

Qizamiq xastaligi yana bolalarning umriga zomin bo'lishi mumkin.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty

"Suriya bolalariga ushbu saxiy xayriyalari bilan Sasha va Isla bugungi kunda ushbu fojeaga yordam berish naqadar dolzarb ekanini namoyish etdilar. Hozir Suriyadagi oilalar bombalar, o'qlar va qiynoqlar bilan ro'para kelayotgan ayanchli paytdir. Er-xotinning ushbu xayriyasi ko'p minglab insonlar umrini saqlab qoladi, eng ojiz bo'lgan bolalarni muhofaza qilishga yordam beradi", deb aytgan "Bolalarni asrang" tashkiloti rahbari Jastin Forsit.

Xalqaro Qutqaruv qo'mitasi esa Suriya va Suriyaga qo'shni mamlakatlarda joylashtirilgan qochqinlar uchun boshpana, sanitariya mahsulotlari, dori-darmon bilan yordamlashish, bolalarning ta'lim olishiga ko'maklashish bilan shug'ullanadi.

Tashkilotga Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Devid Milliband rahbarlik qiladi.

Devid Milliband suriyaliklarni "terror qurbonlari" deb ataydi.

"Sasha va Islaning ushbu xayriyalari insonparvarlikning ulkan namoyishi va eng muhtojlar uchun yanada ko'p ish qilinishi yo'lidagi chaqiriqdir. Umid qilamanki, ulardan boshqa ko'p odamlar ham o'rnak oladilar, Iso mavludi va Yangi yil mavsumi payti o'zgarishni qilishni izlayotganlarga amaliy yo'lni ko'rsatadilar", deb aytgan Devid Millibank.

2011 yil martida Suriyada Prezident Bashar al-Assad boshqaruviga qarshi boshlangan noroziliklar zo'ravonlik va urushga aylanib ketdi, oqibatda shu kecha-kunduzgacha 250000 dan ortiq inson halok bo'lgan, deb ko'riladi.

11 milliondan ortiq inson o'zlarining yashab turgan joylarini tashlab qochishga majbur bo'ldilar.

Sasha Baron Koen 1990 yillar oxirida to'qima Ali G obrazi bilan mashhur bo'lgan hajvchi.

Uni yanada mashhur qilgan qozog'istonlik jurnalist Borat Sagdiev roli bo'ldi.

"Borat" filmlaridan Qozog'iston hukumati norozi bo'ldi, Sasha Baron Koenni Qozog'iston obro'sini to'kishda ayblashdi.

Qozog'istonning imidjini yaxshilash maqsadida "Borat"ga qarshifilm ishlashga qaror ham qilindi.

Biroq keyinroq Qozoq rasmiylari "Borat" aksincha Qozog'istonga sayyohlar sonining ortishiga sababchi bo'lganini tan oldilar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ