Tojikiston Kabiriyning Tehronga safaridan norozi

Фото муаллифлик ҳуқуқи khamenei.ir

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi muxolif siyosatchi Muhiddin Kabiriyning Tehrondagi islomiy anjumanga taklif etilganidan norozilik izhor etgan.

"Eron Tojikiston hukumatining "Islom Uyg‘onish partiyasi"ga joriy qilgan taqiqini tan olmaydi", deya xabar bergan Rossiyada joylashgan sun‘iy yo‘ldosh orqali o‘z dasturlarini namoyish etadigan Central Asia TV telekanali.

"Tehron "Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi"ga taqiqni tan olmaydi, Dushanbe rasmiylari e‘lon qilganidek, bu partiyani eyekstremistik tashkilot deb bilmaydi va partiya rahbari Muhiddin Kabiriy bilan hamkorlikni to‘xtatmaydi. Tehronda tashkil qilingan xalqaro islomiy birdamlik anjumani ortidan shunday xulosaga kelish mumkin", deydi Central Asia TV telekanali.

Xabar qilinishicha, Eron "Islomiy dunyoning joriy inqirozi" deb nomlangan xalqaro konferentsiya tashkil etgan, bu konferentsiyada 16 mamlakatdan 50 dan ortiq olim ishtirok etmoqda.

"Tojik rasmiylarining ilgari surgan ayblovlariga qaramasdan, tashkilotchilar nafaqat Muhiddin Kabiriyni konferentsiyaga taklif qilganlar, balki uni Tojikiston rasmiy hay‘ati tarkibiga kiritganlar. Bu bilan Dushanbe ayblovini tan olmasliklarini urg‘ulaganlar", deya xabar qilgan telekanal.

29 dekabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Muhiddin Kabiriyning Tehorn konferentsiyasiga taklif etilgani munosabati bilan norozilik notasini e‘lon qilgan, ushbu taklif Eron va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Bundan oldin esa Tojikiston Din ishlari qo‘mitasi Kabiriyning anjumanda qatnashishidan "chuqur xavotir" izhor etib chiqqandi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи

Matbuot davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadigan Tojikistondagi Internet foydalanuvchilari kamdan-kam mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi, Din ishlari qo‘mitasining bayonoti mushtariylar tomonidan tanqidlar bilan qarshilangan.

Xususan, "Akram" ismli o‘quvchi shunday yozgan: "birorta ham mamlakat, jumladan, Eron ham Tojikiston talabini qabul qilmadi".

O‘ziga "muallim" deb nom qo‘ygan Internet foydalanuvchi yozishicha, mamlakatda juda kam sondagi odam islomiy partiyani ekstremistik deb biladi, lekin " Tojikiston xalqining aksari va xalqaro hamjamiyat uni mo‘‘tadil siyosiy partiya" deb taniydi.

"Abdullo" ismli foydalanuvchi shunday yozadi: Kabiriyning partiyasi yopildi, lekin uning fikrlarini to‘xtatib bo‘lmaydi. xalqaro hamjamiyat Islom Uyg‘onish partiyasi taqiqini tan olmadi yoki uni ekstremistik deb e‘lon qilmadi, aksincha bu taqiqni qoraladi.

Shu yil sentyabrida Dushanbe shahri va atrofida yuz bergan hujumlarda Tojikiston hukumati Mudofaa vaziri sobiq muovini Abduhalim Nazarzodani hamda bu hujumlarga aloqadorlikda Islom Uyg‘onish partiyasini aybladi.

Partiya a‘zolari hibsga olindi.

Sentyabr oxirida esa Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi "terrochi tashkilot deb e‘lon qilindi va faoliyati mamlakat hududida taqiqlandi.

Partiya raisi Muhiddin Kabiriy shu yil bahoridagi parlament saylovidan keyin Tojikistonni tark etgan, buni Tojik rasmiylari tomonidan o‘z xavfsizligiga tahdid bilan tushuntirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ