O‘rmonda 6 asr Islomni asragan odamlar

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Litva o‘rmonidagi masjid 1558 yilda qurilgan.

Shimoliy-sharqiy Ovro‘podagi o‘rmon ichkarisida qadimiy masjidga duch kelaman, deb hech kim o‘ylamasa kerak.

Ammo yaqinda Bi-bi-si muxbiri Tariq Husayn uzoq asrlardan beri Litvadagi o‘rmonda yashayotgan musulmon jamoasi bilan uchrashdi.

O‘rta asrlarda Ovro‘poni qamragan jaholat Litvaning quyuq o‘rmonlariga yetib kelmagan va bu yerdagi kichik, ammo qadimiy musulmon jamoasiga shikast yetkazmagan.

Qirq tatar masjidi

O‘rmon o‘rtasida Sharqiy Ovro‘po qishloq me‘morchiligi uslubida qurilgan yog‘och binoni bir qarashda hech qachon masjid, deb o‘ylamaysiz.

Inshoot tunuka tomi o‘rtasidagi piyozsimon gumbazni ko‘rib, pravoslav cherkovi, degan xayolga borish mumkin.

Biroq gumbazga o‘rnatilgan hilolni ko‘rgach, binoning masjid ekanligini anglaysiz.

Bunchalik ovro‘pocha uslubda qurilgan masjid hozir G‘arbiy Ovro‘poda ham topilmaydi.

Litva poytaxti Vilьnyusdan atigi 20 chaqirim janub-g‘arbda joylashgan ayni masjid 1558 yili tiklangan.

O‘rmon ichkarisidagi qishloq Keturiasdesmit Totoru yoki Qirq Tatar, deb ataladi.

Aytishlaricha, 600 yil ilgari Litva Buyuk Gertsogi Vitautas qirqta tatar oilasini taklif etagan. Shu asno bu yerlarda musulmon jamoasi vujudga kelgan.

Nasroniylardan himoya

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Fotima-onaning ota-bobolari Litvani salbchi nasroniylardan himoya qilishgan.

Hali nasroniylikni qabul qilmagan Litva hududidagi Tevton ritsarlari XIV asrga kelib, qo‘shni masihiy davlatlar tahdidi ostida qolgandi.

Shu bois tevton yetakchilari katta sonda tatar musulmonlari va qaraim yahudiylarini taklif etishadi va shu asno xristianlardan o‘z hududlarini himoyalashni istaydilar.

(Turkiyzabon qaraim yahudiylari o‘zlarini turkiy xalq bilishadi. Ularning tili tatarcha va o‘zbekchaga juda yaqin. Qaraim tilida hatto musulmon turkiy xalqlar ishlatuvchi forscha va arabcha so‘zlar ham ko‘p - tahririyat).

Mahalliy tevtonlar keyinroq nasroniy Polьsha va Litvaga qarshi urushga kiradilar.

Bu urushlardagi eng muhim to‘qnashuv - Grunvalьd jangida esa ular musulmon hamda yahudiylar yordamida salbchi nasroniylarni yengishadi.

Tevton gertsogi shundan keyin minnatdorchilik sifatida musulmonlarga yer va diniy erkinlik beradi.

Bu - Ispaniyada katolik inkvizitsiyasi avjiga chiqqan hamda musulmon va yahudiylar ta‘qibu tazyiqqa tushgan davrlar edi.

Ollohberdi qabri

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Qirq Tatardagi eng qadimiy qabr 1621 yil vafot etgan Ollohberdi ismli kishiniki.

"Biz Vitautasni juda hurmat qilamiz. U Muhammad payg‘ambarimizni (S.A.V) unutishimizga yo‘l qo‘ymaydi".

Ayni misralar - 1519 yilda tatar musulmonlari nomidan Polьsha qiroli va Litva Buyuk Gertsogi nomiga bitilgan murojaatdan bir parcha.

"Biz Litvani sevamiz va so‘nggi tomchi qonimizgacha bu zamin himoyasi uchun kurashishga ont ichamiz. Chunki bu tuproqni biz bilan baham ko‘rishgan" - bitilgan ayni murojaatda.

Qirq Tatar qishlog‘ida bugun atigi 120 kishi qolgan. Ular asli kelib chiqishlarini Qrim tatarlariga bog‘lashadi.

"Vitautas tufayli biz bu yerlarda yashaymiz. Hammamiz Qrim tatarlari ekanligimizni yaxshi bilamiz" - deydi 75 yashar Fotima Stantrukova.

Qishloqdagi eng qadimiy qabr 1621 yilga borib taqaladi. Ushbu qabrga qo‘yilgan kishining ismi Ollohberdi ekan.

Qishloq qabristoni ham xuddi Ovro‘podagi cherkovoldi mozorlarini eslatadi.

Biroq bu go‘shadagi qabr toshlariga hilol aksi tushirilgan.

Yo‘qolgan masjidlar

O‘rta asrlarda Litva o‘rmonlaridagi tatar jamoalari kengaya boshlaydi.

Bir paytlar Vilьnyus va Belarusь poytaxti Minsk shahri o‘rtasidagi hududlarda yuzlab tatar masjidlari bo‘lgan.

Musulmon qishloqlari hatto Polьsha hududlarigacha kirib borgan.

Hali Birinchi Jahon Urushi arafasida ham Litvada 25 masjid bor edi. Ammo bugun bor yo‘g‘i uchta masjid qolgan, xolos.

Ular Qirq Tatar, Raizayi va Nemezis tatar qishloqlarida joylashgan.

Yo‘qolgan masjidlar

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Qirq Tatar ahli masjidni Sovetlardan yashirib, asrab qolishgan.

O‘rta asrlarda Litva o‘rmonlaridagi tatar jamoalari kengaya boshlaydi.

Bir paytlar Vilьnyus va Belarusь poytaxti Minsk shahri o‘rtasidagi hududlarda yuzlab tatar masjidlari bo‘lgan.

Musulmon qishloqlari hatto Polьsha hududlarigacha kirib borgan.

Hali Birinchi Jahon Urushi arafasida ham Litvada 25 masjid bor edi. Ammo bugun bor yo‘g‘i uchta masjid qolgan, xolos.

Ular Qirq Tatar, Raizayi va Nemezis tatar qishloqlarida joylashgan.

Bundan tashqari Polsha qishloqlarida ham to‘rtta tatar masjidi bor.

Masjidlardan ham oldin, hali 18 asrda bu yerda tatar tili yo‘qola boshlaydi.

"An‘ana va tilimiz asrlar osha unutilmoqda" - deb yozgandi XIX asrda yashagan tatar sharqshunosi Muhammad Murod ar-Ramziy - "Ammo madrasalari bo‘lmasa ham, baribir, (tatar) xalqimiz Islomiy e‘tiqodini saqlab qolmoqda".

Biroq XX asrga kelib, Islomiy e‘tiqodga katta zarba yetdi.

"Sovet davri eng yomoni bo‘lgan. Islomiy ilmi bo‘lgan insonlar yo otib tashlangan, yo Sibirga surgun qilingan" - deydi kelib chiqishi Qrim tatari bo‘lgan Litva Bosh muftiysi Ramazon Yoqub.

"Diniy kitoblar va qadimiy osori-atiqalarimiz yondirilgan. Masjidlar esa yopilib, buzib tashlangan. Xullas, Islom taqiqlangan".

Ramazon Yoqub yo Romas Yakubaskas?

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Ulamo Ramazon Yoqubning pasportdagi ismi - Romas Yakubaskas.

Ayni taloto‘pli davrlarni yashab kelgan tatarlarda bir odat bor. Ular bolalariga ikkita ism qo‘yishadi.

Masalan, muftiyni ham o‘z oilasi va dindosh do‘stlari Ramazon Yoqub, deb atashadi. Lekin boshqalar uchun rasmiy oti - Romas Yakubaskas.

Ramazon ham Sovet davrida Islom haqida hech nima bilmay ulg‘aygan. Biroq Sho‘ro tuzumi qulagach, u o‘z ota-bobolari dini - Islom bilan tanishgan.

Keyinchalik, Livan va Liviyaga borib, dinni chuqur o‘rgangan.

Hozir ko‘plab tatar yoshlari Islom diniga qaytishmoqda. Ammo, baribir, bu qishloqlardagi hech bir masjid besh vaqt namoz uchun ochilmaydi.

Masjidlar faqat hayit yo janoza kabi marosimlar payti ishlaydi.

"Sovet davrida ham biz masjidimizni asrab qoldik" - deydi Qirq Tatar qishlog‘idagi binoga ishora qilib Fotima-ona - "Biz yashirincha masjidga kelardik".

"Ota-bobolarimiz 1940 yillarida shu masjidni bizlar uchun asrab qolishgan" - qo‘shib qo‘yadi u.

"Bizning shu masjidimizdan boshqa hech narsamiz yo‘q".

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ