Ozarbayjonga "Formula-1" kerakmi?

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty
Image caption Avtopoygalar shaharning dengiz oldi qismida o‘tkaziladi.

Avtomobil poygalari Ozarbayjonda ommabop sport turlari sirasiga kirmaydi. Dyuzdo, boks va shaxmatga qiziqish ko‘proq.

Shunday bo‘lsada, 1990 yillarning oxirida mamlakat neft eksportidan katta daromad ola boshlagach, hukumat jahon sahnasiga sport yordamida chiqishga qaror qildi.

"Atletiko Madrid" klubi homiysi sifatida Ozarbayjon o‘tgan yil birinchi marta Ovro‘po O‘yinlarining mezboni bo‘ldi.

Shu bilan bir vaqtda poytaxt Bakuda "Formula-1" Ovro‘po avtopoygasini o‘tkazish rejasi e‘lon qilindi. Avtopoyganing bir qismi shaharning dengiz oldi qirg‘oqlarida o‘tkazilishi aytildi.

Biroq neft narxlarining qulashi bilan iqtisodda ham pasayish boshlandi. Bugunga kelib ozarbayjonliklar "shu avtopoyga bizga kerakmi o‘zi?- degan savolni ko‘p berishmoqda.

Odatda bunday musobaqalarning xarajati qabul qilayotgan tomonga yuklanadi va davlat fondlari tomonidan moliyalashtiriladi.

Avtopoyganing Bakudagi tashkilotchilari hozircha xarajatlar haqida so‘z ochishmayapti. Faqat chiptalar savdosi va homiylar dastagiga umid qilayotganlarini bildirishgan.

Albatta, avtopoyga homiysi Baku City Circuitbunday miqyosdagi yirik voqeani tashkillashtirish katta moliyaviy xarajat talab qilishini yaxshi tushunishadi,- deb aytgan chempionat tashkilotchisi BCC shirkati vakili.- Ammo biz musobaqalar mamlakat iqtisodiga ta‘siri qisqa muddatlimi-uzoq muddatlimi, bevositami yoki bilvositami- baribir ijobiy bo‘ladi", deb hisoblaymiz.

Yana boshqa sabab borki, u bois ketadigan mablag‘ning aniq miqyosini aniqlash mushkul. Ozarbayjon valyutasi- manat kursi oxirgi yilda beqarorligi kuzatilmoqda.

Ozarbayjonda "Formula-1"ni o‘tkazish qarori bundan ikki yil oldin, neft narxi 120 dollar bo‘lganida qabul qilingandi. O‘shanda manat kursi 1:1,27 qiymatda edi.

Bugunga kelib neftning bir barreli 30 dollargacha tushib ketdi, 1 manat 62 tsentga baholanmoqda. Shu boisdan musobaqalarga ketadigan umumiy xarajatlar summasini aniqlash ham noaniq.

Avtopoyga o‘tkazish bo‘yicha shartnomaga ko‘ra, Ozarbayjon yiliga 27 mln manat to‘lash majburiyatini olgan, hozir yiliga 55 mln to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti.

Bu davlat g‘aznasidan sport musobaqalarini o‘tqazish uchun ajratilgan 340 mln dollar mo‘ljallanganidan ancha oldin tugashiga olib keladi.

Mutaxassislarga binoan, "Formula-1" poygasini o‘tkazish shartnomasida ko‘rsatilgan summa yiliga 10 foiz oshadi. Misol uchun birinchi yil 32 mln bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yil 37 mln to‘lash kerak bo‘ladi.

Mahalliy aholi nima deydi?

Ozarbayjonda 2012 yilda Ovronigoh tanlovining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, so‘ngra 2015 yilda birinchi Ovro‘po O‘yinlari mamlakatning dunyo sport xaritasidagi o‘rnini mustahkamlagani ta‘kidlanadi.

"Albatta, men avtopoyga o‘tkazilishi tarafdoriman. U dunyoga eshik ochadi",- deydi bakuliklardan biri.

Biroq sport musobaqalarini o‘tqazishda ortib borayotgan xarajatlar mamlakatga salbiy ta‘sir qilishi haqida gap-so‘zlar tobora ko‘proq yangramoqda.

"Bunaqa poygalar kerak emas bizga. Behudaga pul sarflash hisoblanadi", deydi boshqa bir mahalliy kishi.

"Bu pullarni yangi zavod ochishga, ishsizlarni o‘qitishga, ishga tayyorlashga sarflansa yaxshiroq bo‘lardi",- deb aytadi yana biri.

Ilgari o‘z oddiy fikrini aytishdan ehtiyot bo‘ladigan odamlar, sportga katta sarf-xarajatlar qilinayotganidan noroziliklarini bildirishdan cho‘chimayaptilar.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbekInstagram - BBC UZBEKTwitter -BBC UZBEKOdnoklassniki - BBCUZBEKFacebook - BBC UZBEKGoogle+ BBC UZBEKYouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)Skype - uzbekbbclondon

Бу мавзуда батафсилроқ