Ko'nar va Kobulda kuchli portlashlar ro'y bergan

Фото муаллифлик ҳуқуқи epa

Afg'onistonning Ko'nar viloyatidagi Asadobod shahri va poytaxt Kobulda Mudofaa vazirligi binosi yonida ikki xudkushlik hujum sodir etilgani oqibatida kamida 25 inson halok bo'lgan.

Afg'oniston rasmiylari xabar qilishlaricha, mamlakat sharqidagi Ko'nar viloyatidagi Asadobod shahrida uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida 11 inson halok bo'lgan, 40 kishi jarohatlangan.

Rasmiylarga ko'ra, xudkush hujumchi mototsiklda viloyat markazi Asadoboddagi davlat binosi oldida o'zini o'zi portlatib yuborgan.

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 10 larda ro'y bergan.

Halok bo'lganlarning aksari ko'chadan o'tib ketayotgan yo'lovchilar va shu yaqin atrofda o'ynayotgan bolalar bo'lganlar.

Halok bo'lganlar orasida mahalliy qavm rahbari Hoji Xon Jon ham bo'lgan.

Hoji Xon Jon Dangam tumanida Tolibonga qarshi bo'lgan qavm oqsoqoli bo'lgan.

U o'tgan yili Tolibonga qarshi olib borilgan amaliyotlarda ishtirok etgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи EPA

Hujum uchun hozircha hech kim mas'uliyatni o'z zimmasiga olmagan.

Biroq mahalliy rasmiylar Hoji Xon Jonning Tolibonga dushmanligini nazarda tutib, ushbu hujum ortida Tolibon turipti, deb aytadilar.

27 fevral kuni tushdan keyin Kobulda ham kuchli portlash ro'y bergan.

Ushbu hujumni ham xudkush hujumchi uyushtirgan.

Portlash Mudofaa vazirligi binosiga yaqin joyda yuz bergan.

Kobul shahri xavfsizlik idorasi rahbariga ko'ra, portlashda kamida 12 inson halok bo'lgan, 13 kishi yaralangan.

Bu hujum uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga olgan Tolbion Mudofaa vazirligiga kelgan askar va zobitlarni nishonga olganini aytgan.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon