Suriyadagi asosiy jabhalarda sukunat kuzatilmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

26 fevraldan 27 fevralga o'tar kechasi, Damashq vaqti kechki soat 12 dan otashkesim boshlangan.

Bu Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyingi 5 yil mobaynida ilk bor Suriya hukumati tarafidagi va Prezident Bashar al-Assad rejimiga qarshi qo'liga qurol olgan kuchlar o'rtasida o't ochishni to'xtatishga rozi bo'linishidir.

AQSh va Rossiya vositachiligida 22 fevral kuni otashkesim shartlari va vaqtini kelishga erishildi.

26 fevral kuni esa BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyadagi jangovor amaliyotlarni to'xtatish maqsadi ko'zlangan tinchlik bitimi haqidagi rezolyutsiyani ma'qulladi.

Otashkesim boshlanganidan bir necha soat o'tib qarorgohi Londonda bo'lgan Suriya Inson huquqlari vaziyatini kuzatish guruhi tomonlar o't ochishni to'xtatish talabini bajarayotganlari haqida xabar tarqatdi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Biroq yarim tundan so'ng ayrim joylarda otishmalar kuzatilgan, BMTning Suriya bo'yicha maxsus elchisi Staffan di Mistura kim otashkesimni buzgani o'rganilishini aytgan.

“Shanba o'ta muhim kun bo'ladi. Hoynahoy, bizning hamma harakatlarimizni yo'qqa chiqarish maqsadiga qaratilgan urinishlarning guvohi bo'lamiz”, deb aytgan janob di Mistura.

Otashkesim boshlanganidan bir necha soat o'tib Suriya hukumat kuchlari nazorat qilib turgan Salamiya shahrida avtomobil portlagan.

Oqibatda ikki inson halok bo'lgani haqida xabar tarqatgan Suriya davlat matbuoti.

Ushbu hujumni kim uyushtirgani hozircha aniq emas.

O't ochishni to'xtatish bitimi Suriya hukumati va isyonchilarga taalluqli, ammo IShID va "Al-Qoida"ga aloqador "Jabhatul Nusra" jangarilariga nisbatan qo'llanilmaydi.

2011 yil martida Prezident Assad boshqaruviga qarshi boshlangan norozilik namoyishlari zo'ravonliklarga aylanib ketgan, shu paytgacha 250000 dan ortiq suriyalik halok bo'lgan, millionlab insonlar yashab turgan joylarini tashlab qochishga majbur bo'lganlar.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Бу мавзуда батафсилроқ