Bryussel aeroportini 29 martgacha qayta ochish imkoni yo'q

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

22 март куни Брюсселнинг Завентем аэропортида рўй берган ҳалокатли портлашлардан кейин муҳандисларга илк бор бино ичкарисига киришга рухсат берилган.

Завентем аэропортининг Facebookдаги расмий саҳифасида эълон қилинган хабарда ҳаво қўналғаси ўз фаолиятини сешанба, 29 мартдан эрта бошламаслиги айтилган.

Йўловчилар томонидан 22 март куни топширилган юклар ўша куни эгаларига қайтарилади.

Шу пайтгача терговчилар Завентемдаги портлашлардан кейинги аҳволни ўрганмоқдалар.

Икки худкуш ҳужумчи ўзини портлатгани ортидан аэропортнинг учиб кетиш зали вайрон бўлган.

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

Havo qo'nalg'asidagi portlashlar oqibatida 11 inson halok bo'lgani xabar qilingan.

Yana bir portlash Bryussel metrosining Ovro'po Ittifoqi muassasalariga yaqin "Maalbek" bekatida ro'y bergan.

Uch vagondan iborat poezdning ikkinchi vagonidagi portlash oqibatida 20 inson hayotdan ko'z yumgan, 250 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Belgiya prokurori Frederik Van Lyovga ko'ra, aeroportda o'zini portlatganlardan biri Ibrohim Bakraviy bo'lgan.

"Maalbek" metro bekatida uning inisi Xolid Bakraviy xudkushlik hujumini sodir etgani aytilgan.

Belgiya politsiyasi Zaventem aeroportidagi ikkinchi xudkush hujumchi Najim Alashraviy bo'lganini aniqlanganlari haqida xabar berganlar.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty

1991 yilda tug'ilgan va soxta Belgiya pasporti bilan yurgan Najim Alashraviy shaxsiyati uning DNK namunalari orqali aniq bo'lgan, shuningdek, uning DNK namunalari Parij hujumlaridan biridagi joyda topilgan.

Parij hujumlarini tashkillashtirishda gumon qilingan asosiy gumondor Saloh Abdusalom Bryussel hujumlaridan 4 kun oldin hibsga olingan, hibs payti yaralangan edi.

Tergovchilarning xabar qilishlaricha, bungacha tergov bilan hamkorlik qilib kelgan Saloh Abdusalom Bryussel hujumlaridan keyin bu hujumlar haqida gapirishdan bosh tortgan.

Belgiya Adliya vaziri Kun Geens gumondor tergovchilarga gapirishdan bosh tortayotgani haqida mamlakat parlamentiga ma'lum qilgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Saloh Abdusalomning o'zining sukut saqlash huquqidan foydalanayotgani aytilgan.

Shuningdek, Saloh Abdusalom aka-uka Ibrohim va Xolid Bakraviylarni tanimayman, deb aytgani ma'lum bo'lgan.

Bu haqda Frantsiyada nashr etiladigan Le Mond ro'znomasi Abdusalomning politsiya tomonidan so'roq qilingani matniga tayanib shanba kuni xabar qilgan.

Ayni paytda terrorchilik tarmoqlariga aloqador deb ko'rilgan shaxslarni hibsga olish maqsadidagi amaliyotlar Belgiya, Frantsiya va Olmoniyada o'tkazilgan.

Politsiyalar Bryussel hujumlariga aloqador deb ko'rgan 12 kishini qo'lga olgan, keyinroq ayrimlari qo'yib yuborilgan.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Бу мавзуда батафсилроқ