Mast haydovchi jazoni morgda o'taydi

Tailand hukumati qilayotgan ishining oqibatini o'ylamaydigan mast haydovchilarni tiyib qo'yishning yangi usuliga qo'l urdi.

Mamlakatdagi yo'l-transport hodisalari sonini kamaytirish maqsadida mast haydovchilar jazoni morglarda o'tashga majbur etiladilar.

Jahon Sog'likni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, Tailandda har yili 24000 atrofida inson yo'l hodisalarida hayotdan ko'z yumadi.

Yangi choralar Tailand taqvimi bo'yicha yangi yil kirib kelayotgan kunlarda joriy etilmoqda.

Bangkok Post ro'znomasi xabar qilishicha, mast haydovchilarni o'likxonalarga jazoni o'tash uchun yuborish rejasini hukumat o'tgan haftada tasdiqlagan.

Songkran deb nomlangan yangi yil bayramlari esa 13 apreldan boshlanadi.

Tailandda yangi yil uch kun bayram qilinadi, bayramu-ziyofat va xursandchiliklar etti kun davom etadi.

Shu kunlari spirtli ichimliklarni iste'mol qilish ham ko'payadi.

Ana shu hafta davomida noxush hodisalar soni ko'payishi kuzatilishi munosabati bilan Tailandda yangi yilning dastlabki etti kunini "Halokatli etti kun" deb nomlab ham olishgan.

Bundan oldin hukumat alkogolli ichimliklar iste'mol qilganidan so'ng yo'l-transport hodisasini sodir etgan haydovchilarni jazoni o'tash uchun shifoxonalarga yuborishga qaror qilgan edi.

Morgda jazoni o'tash esa kalta o'ylov haydovchilarni tiyishga yordam beradi, umid qilmoqdalar rasmiylar.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Бу мавзуда батафсилроқ