Qrim prokurori Mejlis faoliyatini taqiqladi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Rossiya o'ziga qo'shib olgan Qrim prokurori yarim orol hududida Qrim Tatarlari Mejlisining faoliyatini ma'n etish haqidagi qarorni imzolagan.

Prokuror qarori nusxasini Qrim Tatarlari Mejlisi manfaatlarini himoya qilib kelayotgan advokat Jamil Temishev o'zining Feysbukdagi sahifasida e'lon qilganidan keyin Qrim prokurori Natalya Poklonskaya bu xabarni tasdiqlagan.

“Bugun men federal qonunchilik buzilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida “Qrim Tatarlari xalqi Mejlisi” jamoat birlashmasining faoliyatini to'xtatish haqida qaror qabul qildim”, deb aytgan Poklonskaya xonim 13 aprel kuni Rossiyaning TASS axborot agentligiga.

O'z qarorida Rossiya anneksiya qilgan Qrim prokurori Rossiyaning “Ekstremistik faoliyat oldini olish to'g'risida” deb nomlangan qonuniga asoslangan.

“To'plangan dalillar shuni tasdiqlaydiki, ushbu jamoat birlashmasining maqsadi va amallari ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan”, deb yozilgan prokuror Poklonskayaning imzolagan qarorida.

Advkoat Jamil Temishevning aytishicha, prokuror qarori ustidan mahkamaga shikoyat etishga qaror qilganlar.

“Bizning protsessual muxolifimiz bunday qarorning mahkamaviy istiqboli yo'qligini anglab turgan bo'lsa-da, shu yo'l faoliyatni to'xtatishga intilayapti. Albatta, biz buning ustidan shikoyat qilamiz”, deb aytgan advokat Jamil Temishev TASS axborot agentligi bilan suhbatda.

Bundan keyin Qrim Oliy sudi Qrim Tatarlari Mejlisini ekstremistik tashkilot deb tan olish yoki olmaslik va Mejlis faoliyatini Rossiya hududida taqiqlash borasidagi ishni ko'rib chiqishi kutiladi.

Rossiya anneksiyasidan keyin Qrim Tatarlari Mejlisi rahbarlari Mustafo Jamilev va Refat Chubarovlarning yarim orol hududiga kirishlari taqiqlangan edi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Бу мавзуда батафсилроқ